So’nggi yangiliklar

18:58ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА (матнли трансляция)  88 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  0 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  15 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  10 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  1

“Neftchi” - “Nasaf”. Prevyu Yangiliklar

“Neftchi” - “Nasaf”. Prevyu

“Nasaf” Superligasining navbatdagi 23-tur uchrashuvini safarda Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Jamoalar milliy chempionatdagi o'zaro 44-uchrashuvida maydonga tushishadi. Uchrashuv 22 sentyabr  shanba kuni “Istiqlol” stadionida soat 18:00da boshlanadi.

Superligasi-2018. 24-tur
“NEFTCHI“ – “NASAF”
22.09.2018. “Istiqlol” stadioni. 18:00da
Bosh hakam
: Jasur Muxtorov
Qanot hakamlari: Doniyor Saylavov, Rishot Nig'monov
Zaxira hakami: G'anisher Jo'raev
Nazoratchi: Sardor Najafaliev
Uchrashuv komissari: Baxtiyor Namozov.


Jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixidan
Mazkur jamoalar hozirgacha milliy chempionatimizda 43 marta o'zaro bahs olib borishgan. Bo'lib o'tgan uchrashuvlarning 15tasida “Neftchi” jamoasining qo'li baland kelgan. "Ajdarlar" esa 18 uchrashuvda g'alaba qozongan. Qolgan o'zaro 9 uchrashuvda durang qayd etilgan. To'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik "Nasaf" tomonida – 49-60.

Esingizda bo'lsa, “Nasaf” jamoasi o'z tarixidagi ilk oliy liga uchrashuvini o'z maydonida aynan “Neftchi” jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlagan. Ushbu uchrashuv 1997 yilning mart oyida Qarshida bo'lgan.

Ro'ziqul Berdiev qo'l ostidagi “ajdarlar” farg'onaliklar bilan bo'lgan uchrashuvlarda mag'lubiyatsiz seriyalarini davom ettirib kelishmoqda. "Nasaf" ustozi shu paytgacha  shogirdlarini milliy chempionat uchrashuvlarida  “Neftchi”ga qarshi o'n bir marta maydonga olib tushgan. SHu uchrashuvlarning to'qqiztasida “ajdarlar”ning qo'li baland kelgan va ikki uchrashuv durang natija bilan yakunlangan.



Farg'onadagi o'zaro uchrashuvlar tarixidan
Mazkur jamoalarning Farg'onadagi ilk uchrashuvi 1997 yil 13 noyabr kuni bo'lib o'tgan. SHu paytgacha jamoalar Farg'onada 22 marta o'zaro bahs olib borishgan. Ularning 9tasida “Neftchi” jamoasi g'alabaga erishgan. 4 uchrashuvda “Nasaf” zafar quchgan. Qolgan 9 uchrashuvda durang natijalar qayd etilgan. Farg'onadagi 22 uchrashuvda darvozalarga jami 49ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati bo'yicha ustunlik 29-20 “Neftchi” tomonida.

Farg'onada o'tgan so'nggi besh uchrashuv
01.03.2018.  “Neftchi” – “Nasaf” 0:0
13.10.2017.  “Neftchi” – “Nasaf” 0:3
21.06.2016.  “Neftchi” – “Nasaf” 2:2
23.05.2015.  “Neftchi” – “Nasaf” 0:1
27.08.2014.  “Neftchi” – “Nasaf” 0:1

Jamoalarga oid yana faktlar

“Neftchi” jamoasi o'yinchilariga shu paytgacha 54ta sariq kartochka ko'rsatilgan. “Nasaf” o'yinchilari esa 28ta sariq kartochka va 2ta qizil kartochka olishgan. G'olib G'aybullaevning sariq kartochkalari soni 4taga etgani uchun, bu uchrashuvda "ajdarla"ga yordam bera olmaydi. "Nasaf" futbolchilari joriy mavsumda raqiblari darvozasiga jami 22ta to'p kiritishgan, bu 10 nafar futbolchilar tomonidan amalga oshirildi. "Nasaf" to'purari hozircha Bobir Abduxoliqov bo'lib turibdi, u shu paytgacha 6ta gol kiritgan. “Neftchi” jamoasi futbolchilari bu mavsumda hozircha 13ta to'p kiritgan. Bu 11 nafar futbolchi tomonidan amalga oshirildi. Jamoa to'purari hozircha SHerzod Hakimov sanaladi. U raqiblar darvozasini 3 marta ishg'ol qilgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика