So’nggi yangiliklar

09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  0 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  0 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  9 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  68 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  1

"Neftchi" klubi "Cementchi"ga qarshi nazorat bahsini o'tkazadi Yangiliklar

"Neftchi" klubi "Cementchi"ga qarshi nazorat bahsini o'tkazadi

Vadim Abramovning "Neftchi"si markaziy “Istiqlol” stadionida birnchi liga peshqadami “Cementchi”ga qarshi ilk nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Kuni kecha oliy liga baxslarida ishlari yurishmayotgan Farg'onaning "Neftchi" jamoasining murabbiylar shtabida katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Jamoa postiga tajribali mutaxascis Vadim Karlenovich Abramov bosh murabbiy etib taynlandi. Bu ajoyib voqeani azaldan o'zbek futbolining ashaddiy ishqibozlari bo'lgan barcha farg'onaliklar chuqur mamnuniyat va xursandchilik bilan qarshi oldi.

Ushbu murabbiy qo'l ostida “Neftchi” yana o'zining avvalgi mavqeini tiklab olib, yana yuqori o'rinlar uchun kurashishiga biz ham ishonamiz albatta. Zero Abramov o'zining ilk intervyusida “Yagona maqsadim muxlislar ishonchini oqlash va ularni stadionga qaytarish” deya biz muxlislar ko'nglida yana ishonch va iliqlik uyg'ota oldi. Bosh murabbiy eng shimarib allaqachon jamoa bilan navbatdagi uchrashuvlarga tayorgarlikni ham boshlab yuborgan.

Biz Quvasoyliklarni xursand qiladigan yana bir holat shu bo'ldiki, barcha farg'onalik  muxlislar Karlenovich qo'l ostidagi yangi jamoa "Neftchi"ning ilk uchrashuvini kutib turgan bir paytda Abramov ilk nazorat uchrashuvini ayni vaqtda birinchi liga musobaqalarida peshqadamlik qilib kelayotgan "Cementchi"ga qarshi o'tkazishga qaror qildi/

Ushbu bahs Farg'ona shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

 "Neftchi" - "Cementchi" uchrashuvi 10 iyun shanba kuni Farg'ona shahridagi markaziy "Istiklol" stadionida bo'lib o'tadi.

Bir paytlar butun Respublikaga dong'i ketgan, stadionlarni to'ldirib turgan "Neftchi" jamoasining barcha ashaddiy ishqibozlarini-yu,  "Cementchi"ning uyinlarini sog'inib qolgan muxlislarimizni, Quvasoy, Marg'ilon, Yozyovon, Toshloq, Vodil, CHimyon boringki barcha vodiy axlini ushbu qiziqarli bahsga taklif etamiz.


10 iyun. (shanba)

Nazorat uchrashuvi.

Markaziy "Istiqlol" arena.

"NEFTCHI" (Farg'ona) - "CEMENTCHI" (Quvasoy)

Uchrashuvni o'tkazib yubormang!


"Cementchi" jamoasi matbuot kotibi Zuxriddin Abdullajonov


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика