So’nggi yangiliklar

00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  0 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  10 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:56АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар эълон қилинди  3 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  1 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  101 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  18 18:20ЎзФҲМ "Сўғдиёна" – "Динамо" учрашувидаги эҳтимолий пенальти бўйича изоҳ берди  25

“Neftchi” yig'inni boshladi Yangiliklar

“Neftchi” yig'inni boshladi

Malum muddatlik tanaffusdan so'ng “Neftchi” jamoasi tatildan qaytdi.

  • Rejaga ko'ra futbolchilar 2 iyul kuni tushlikdan so'ng, klub qarorgohida yig'ildi. SHundan so'ng jamoa Vodil so'lim go'shasiga yo'l oldi. Ikkinchi davraga tayyorgarlikning birinchi qismi aynan ushbu Vodildagi bazada o'tadi. U erda ikki hafta mobaynida mashg'ulot o'tkazilgach, yig'inning ikkinchi qismi Toshkentga ko'chadi. Poytaxtda mashg'ulot o'tkazish bilan birga, sinov-nazorat o'yinlari ham tashkil etiladi. Sparring raqiblar xususida keyinroq to'xtalib o'tamiz.

    Tarkibdagi o'zgarishlarga keladigan bo'lsak, birinchi davrani “Neftchi”da o'tkazgan rossiyalik futbolchi Levani Gvazava kelgusi faoliyatini boshqa jamoada o'tkazadigan bo'ldi. SHuningdek hujumchi Zohid Abdullaev va yarim himoyachi Maruf Murodov ham jamoa bilan xayrlashdi. Mazkur ikki futbolchi birinchi davrada kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Legioner o'yinchi Gvazava esa jarohati sababli ko'p uchrashuvlarda jamoaga yordam bera olmadi. SHu bois jamoamiz ushbu futbolchilar ham bilan o'zaro kelishgan xolda, munosib ravishda xayrlashdi va ularning kelgusi faoliyatiga omad tilaymiz.

    Bundan tashqari mazkur yig'in davomida yana ayrim futbolchilar bilan ham xayrlashish rejaga kiritilgan. Ularning aynan kim ekanligi haqida keyinroq malumot berib o'tamiz.

    Yo'qotishlar o'rnini to'ldirish maqsadida “Neftchi” futbol klubi rahbariyati ayni damda bir qator mahoratli futbolchilar bilan muzokara o'tkazmoqda. Jamoamiz uchun begona bo'lmagan, mahalliy o'yinchilarni ortga qaytarish uchun ishlar olib borilmoqda.  


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика