So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  3 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  4 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  0 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  3 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  6 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  7 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  5 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

"Neftchi" o'z maydonida "Bunyodkor"ni mag'lub etdi, lekin hamon "Navbahor"dan orqada Yangiliklar

"Neftchi" o'z maydonida "Bunyodkor"ni mag'lub etdi, lekin hamon "Navbahor"dan orqada

Superliga 23-tur doirasidagi "Neftchi" - "Bunyodkor" o'yini bo'lib o'tdi.

"Neftchi" - "Bunyodkor" 2:1 (TUGADI)

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Ruslan Samandarov, Amal Sultonov

Zaxira hakami: Alisher To'xtasinov

VAR hakami: Akmal Rahimov

AVAR hakami: Maksim Nexochin

Nazoratchi: Viktor Serazitdinov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gol:  Effiong Nsungusi (Azizbek Amonov) 60 1:0, Anvarjon G'ofurov 86 (Quvondiq Ro'ziev), 2:1, Ollobergan Karimov 88, 2:1

"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 2. Zoir Jo'raboev, 21. Muhsin Ubaydullaev, 20. Anvar G'ofurov (s), 22. Azizbek Amonov (10. SHoxruz Norxonov, 73), 23. Diyor Turopov (11. Javohir Qahramonov, 73), 55. Manuchehr Safarov, 77. Bilolxon Toshmirzaev, 24. G'ulomhaydar G'ulomov, 30. Quvondik Ro'ziev (17. Sanjar Qodirqulov, 90), 99. Effiong Nsungusi.

Zaxira: 45. Akbar To'raev, 8. Sardor Abduraimov, 14. Xurshid Muxtorov, 19. Mirzohid G'ofurov, 28. Behruz Oblakulov, 70. Abbos G'ulomov.

"Bunyodkor": 13. Hamidulloh Abdunabiev, 4. Najmiddin Normurodov (7. SHahboz Jo'rabekov, 84), 5. Momchilo Rasho, 6. Boburbek Yo'ldoshev, 11. Temurxo'ja Abduxoliqov (s), 22. Usmonali Ismonaliev, 23. Asadbek Rahimjonov, 25. Itsuki Urata (65. Ahmadullo Muqumjonov,84), 41. Andriya Filipovich, 74. Luis Kachorri (14. Mirjahon Mirahmadov, 84), 77. Muzaffar Olimjonov (17. Ollobergan Karimov, 67)

Zaxira: 1. Marin Lyubich, 8. Frane CHiryak, 10. Rasul Yo'ldoshev, 57. Amir To'raqulov,  66. Azizbek To'lqinbekov.

Ogohlantirish: Muxsin Ubaydullaev ("Neftchi") 40,  Effiong Nsungusi 43, Ahmadullo Muqimjonov 90


MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90. OGOHLANTIRISH. Ahmadullo Muqimjonov, "Bunyodkor"

88. GOL. "Bunyodkor" darhol javob qaytardi. Zaxiradan maydonga tushgan Ollobergan Karimov jarima maydonchasiga etkazib berilgan to'pni darvozaga to'g'irlab qo'ya qoldi. "Bunyodkor" o'yinga qaytdi. 

86. GOL. "Neftchi" hisobdagi farqni 2taga etkazdi. Anvarjon G'ofurov gol muallifi.

84. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Najmiddin Normurodov o'rniga SHahboz Jo'rabekov, Itsuki Urata o'rniga Ahmadullo Muqimjonov, Luis Kachorri o'rniga Mirjahon Mirahmadov tushdi.

77. "Bunyodkor" hisobni tenglashtirish uchun vaziyatlar yaratmoqda. 

73. O'ZGARISH. "Neftchi", Aziz Amonov o'rniga SHoxruz Norxonov, Diyor Turopov o'rniga Javohir Qahramonov tushdi. 

67. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Muzaffar Olimjonov o'rniga Ollobergan Karimov tushdi. 

60. GOL. "Neftchi" uchrashuvda hisobni ochdi. Aziz Amonov tezlikda "Bunyodkor" himoyachilaridan qochib ketib to'pni  Effiong Nsungusiga uzatdi. U osonlikcha darvoza to'rini aniq nishonga oldi. 

46. O'ZGARISH. "Neftchi", G'ulom-Haydar Gulyamov o'rniga Sardor Abduraimov tushdi 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

45. Tanaffus. 

43. OGOHLANTIRISH. "Neftchi",  Effiong Nsungusi.

40. OGOHLANTIRISH. "Neftchi", Muxsin Ubaydullaev Temurxo'ja Abduxoliqovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

32. ZARBA. Bilolxon Toshmirzaevning zarbasini Abdunabiev qiyinchilik bilan qaytardi.

25. Mezbonlar ustunlikni o'z qo'liga olmoqda. 

14. "Bunyodkor" jarima zarbasini ishladi. Normurodovning tepgan to'pini jonli devor qaytardi.

12. ZARBA. Diyor Turopovning uzatmasidan so'ng Effiong darvozaga zarba yo'llashga harakat qildi. 

5. ZARBA. Andriya Filipovichning zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика