So’nggi yangiliklar

00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  1 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  7 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  1 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  18 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  462 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  5 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  8

Neboysha Yovovich: "Muhimi o'yinga bo'lgan tayyorgarlik va g'alabaga bo'lgan ishonch" Yangiliklar

Neboysha Yovovich: "Muhimi o'yinga bo'lgan tayyorgarlik va g'alabaga bo'lgan ishonch"

Xabaringiz bor, ertaga, 27 noyabr kuni "Nasaf" CHempionlar Ligasi-2 guruh bosqich 5-turi doirasida "Al Quvayt" klubini qabul qiladi.

Bugun o'yindan avvalgi matbuot anjumani bo'lib o'tdi va uning birinchi qismida mehmonlar ustozi Neboysha Yovovich va futbolchi Xolid Alxarqavi ishtirok etishdi. 


"Dastavval "Nasaf" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman! 

Ertangi o'yin haqida gapirsam, jamoamiz bu bahsga to'liq tayyor. Asosiy maqsadimiz chiroyli o'yin namoyish qilish. Har ikki jamoaning o'yin uslubi o'xshash — hujumni xush ko'radi. SHu sababli, chiroyli o'yin bo'ladi deb o'ylayman", - dedi Neboysha Yovovich. 


Xolid Alxarqavi: "Albatta, ertangi o'yinga biz 100% tayyormiz. Bu bellashuvga jiddiy etibor qaratganmiz va uyga 3 ochko bilan qaytamiz".



Murabbiy: "Bunga alohida to'xtalishni istamagan bo'lardim. Har ikki jamoada ham turli muammolar bo'lishi mumkin tarkibda. Butun jamoa, Xolid aytganidek, o'yinga tayyor. U 17 yoshda ammo, muhimi o'yinga bo'lgan tayyorgarlik va g'alabaga bo'lgan ishonch"

Bu CHempionlar Ligasi, xalqaro musobaqa. Guruhda qanday vaziyat bo'lishiga qaramasdan, biz g'alaba qozonamiz. Asosiy maqsadimiz ham har keyingi bahsda zafar quchish. 

Albatta, "Nasaf"ning o'yinlarini kuzatib bordim. Bundan tashqari Boshkovich eski qadrdonim, qo'shimchasiga o'tgan mavsum Azizbek Amonov hamda Abdulla Abdullaev bilan birga ishlaganman va umuman "Nasaf" bo'yicha malumotlar bizda etarli. SHunga qaramasdan, raqib tarkibida biror futbolchi alohida ajratib ko'rsatmagan bo'lardim. Ularning barchasi etirofga loyiq. Marko Stanoevich joriy mavsum kamroq o'ynayotgan bo'lsada, hurmatga loyiq, tajribali futbolchi. SHuningdek, yana bir bor "Nasaf"ni chempionlik bilan tabriklayman.

Legioner futbolchi mahalliy hamkasblaridan ajralib turishi kerak va bizning legionerlarimizning o'yinlaridan qoniqyapman".


Nasaf Qarshi

AFC Champions League Two Grp. D . 5-tur

27/11/2024, 19:00

2
:
1
Tugadi

Kuwait SC

45'
90'

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика