Nazorat o'yinida "Surxon" "Turon"ni mag'lubiyatga uchratdi
16 sen 2023 20:13
Yangiliklar
Nazorat o'yinida "Surxon" "Turon"ni mag'lubiyatga uchratdi
OCHL tufayli Superligada yuzaga kelgan kichik tanaffusdan unumli foydalanish uchun "Surxon" "Turon" bilan nazorat uchashuvi o'tkazdi.
Sergey Arslonov boshchilidagi murabbiylar shtabi barcha futbolchilarga o'yin amaliyoti berish maqsadida o'yin formatida o'zgarish kiritdi. Uchrashuv 30 daqiqalik 4ta taym davomida o'tdi.
Birinchi o'yinda “Surxon” safida asosiy tarkib maydonga tushdi va jamoamiz 3:0 hisob bilan g'alaba qozondi. Jamoamiz safida SHaxzod Toirov va Silvanus Nimeli gol urishdi. Yana bir gol avtogol evaziga hisobimizga yozildi.
Ikkinchi o'yinda Sergey Arslonov zaxiradagilarga hamda yoshlarga imkon berdi. Ushbu bahsda 1:1 hisob qayd etildi. Jamoamiz nomidan Kamron Saydazimov gol urdi. “Turon” safida Surxondaryo muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan O'ral CHoriev gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar