So’nggi yangiliklar

21:35U-21 биринчилиги. Пешқадамлардан дуранглар, Фарғонада 4:4 ва бошқа натижалар  0 20:54Лапорта "Реал"нинг "Олтин тўп"ни бойкот қилиши ҳақида: "Спортда ютқазишни ҳам билиш керак"  24 20:25FIFA клубларни қўллаб-қувватлаш дастурини эълон қилди. Суперлига клублари қанча пул ишлаб олади?  1 20:00Аморим: "Моуринью – португалиялик энг яхши мураббий"  0 19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  6 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  6 18:45Артём Петросян: "Оддий вазиятларда тўпни йўқотяпмиз. Ҳамма ишлаган режаларимизни эсдан чиқариб юбордик"  4 18:32Шавкат Юсупов: "Олимпик" етарлича муаммолар туғдирди"  2 18:20"Барселона" Рэшфорднинг ҳуқуқларини сотиб олишга тайёр  4 17:57Про лига. "ФарДУ" сафарда "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлубиятга учратди  1 17:47Сергей Лушчан "Навбаҳор"ни тарк этдими?  18 17:40Экитике: "Ливерпуль" мен учун қанча тўлагани қизиқ эмас"  2 17:18Пеп Гвардиола: "Абдуқодир Ҳусанов жисмоний жиҳатдан айни кучга тўлган Кайл Уокерга ўхшайди"  11 16:52"Реал" Салибага қизиқишини сақлаб қолган  1 16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  2

Nazorat uchrashuvi. Yaponiyalik yarim himoyachi o'ynagan bahsda "Qo'qon-1912" "Surxon"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. Yaponiyalik yarim himoyachi o'ynagan bahsda "Qo'qon-1912" "Surxon"ni mag'lub etdi

Teglar :  Qo'qon-1912Surxon
Bir necha daqiqa oldin NBU stadionida "Qo'qon-1912" hamda "Surxon" jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi

Mazkur o'yinda Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. 

Bugun jamoa safida yaponiyalik yarim himoyachi Tatsuro Nagamatsu harakat qildi. Ushbu futbolchi o'tgan mavsumni Latviya superligasi vakili bo'lgan "Daugavpils" jamoasida o'tkazgan. 

Bellashuv kutilganidek, qo'qonlik futbolchilarning faolligi bilan boshlandi. 15-daqiqada Asadbek Sobirjonov  o'ng qanotdan yaxshi uzatmani amalga oshirgan edi. Raqib himoyachilari vaziyatni o'qiy olishdi. 

25-daqiqada Norbekov tezkorlik bilan qarshi hujumga o'tib ketgan edi. Uning so'nggi zarbasi biroz kuchsiz chiqdi. Tanaffusga jamoalar nursiz durang bilan chiqib ketishdi. 

Ikkinchi taym "Qo'qon-1912" uchun omadli boshlandi. 49-daqiqada burchak zarbasidan Xojimirzaevning uzatmasini Ivan Yosovich boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. 

Futbolchilarning o'yinda kiritilgan golni jamoa prezidenti Baxtiyor aka Tolipovga bag'ishlardilar. Klub Rahbari xonadonida quvonchli voqea ro'y berdi. Baxtiyor aka nabirali bo'ldilar.

Uchrashuvning so'nggi daqiqasida Anvar Xojimirzaev raqib darvozasiga kuchli zarba yo'llagan edi. Darvozabon qaytardi. Qaytgan to'pga birinchi  bo'lib etib borgan Jamshid Rahmatullaev esa bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi. Rahmatullaev ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan edi. SHu tariqa, Toshkentdagi yig'in doirasida navbatdagi bahsda ham jamoa azolari g'alaba qozonishdi.


O'rtoqlik  o'yini

"Qo'qon-1912" - "Surxon"  2:0 (0:0)

Gollar: Ivan Yosovich(49), Jamshid Rahmatullaev (90)

"Qo'qon-1912": Xurshid Xo'jaev, Slavko Lukich, Bobur Akbarov, Ivan Yosovich, Avazxon Mamatxo'jaev, Muhmmadanas Hasanov, Farhod Bekmurodov, Tatsuro Nagamatsu, Asad Sobirjonov, Mo'min Meliev, SHohnazar Norbekov. 

Zaxira: Muzaffar Abdullaev, Eldor Adhamov, Yakuba Bamba, Ilhom Vahobov, Iqbol Malikjonov, Anvar Xojimirzaev, Sardor Azimov, Sardor Etovqo'ziev, Jamshid Rahmatullaev, Bekzod Xamidov.

"Surxon": Akrom Xodjaev, Vladimir Bubanya, Kamoliddin Ashurov, Behruz SHaydulov, Alisher Salimov, Asror G'ofurov, Jaxongir Axmadov, Zohir Pirimov, Islom Toshpulatov, Javoxir Esankulov, Jasur Xolto'raev.

Zaxira: Azamat Axmedov, Davron Merganov, SHaxzod Tairov, Muhammadali Nomozov, SHarofiddin SHobirov, Timur Mamatmurodov, Nizomjon Norov, Nuriddin Hasanov, O'ral CHoriev, Muhammad-ali Abduraxmonov

 

Foto: "Qo'qon-1912" matbuot xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика