So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  4 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Nazorat uchrashuvi: “SHabab Al-Ahli” – “Bunyodkor” 1:4 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi: “SHabab Al-Ahli” – “Bunyodkor” 1:4

Teglar :  Bunyodkor
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi BAA yig'ini doirasidagi so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Bu safar Mirjalol Qosimov shogirdlariga qarshi Dubayning “SHabab Al-Al-Ahli” klubi vakillari saf tortishdi.

Qiziqarli kechgan bahsda “Bunyodkor” raqibdan har jabhada ustun ekanligini isbotlab, 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Sanjar Qodirqulov tomonidan oshirilgan to'pni Filip Raevac boshi bilan raqib darvozasiga to'g'rilab, hisobni ochdi. Tanaffusga chiqish arafasida mezbonlar gol urishib, o'rtadagi muvozanatni tiklagandilar. Biroq uchrashuvning so'nggi o'n daqiqasida “SHabab Al-Ahli” darvozasi yana uch bor ishg'ol etildi. 82-daqiqada Mirjahon Mirahmadov maydon markazida to'pni egallab olib, raqib futbolchilarini ortda qoldirgan holda dubayliklar darvozasini ishg'ol qildi. 88-daqiqada jamoaviy uyushtirilgan chiroyli kombinaciyani Rasul Yuldoshev gol bilan yakunladi – 1:3. Asosiy vaqt yakunlanayotgan pallada Rasul Yuldoshev raqib futbolchilari va posbonini birin-ketin aldab o'tib, yakuniy natija “Bunyodkor” foydasiga 4:1 bo'lishini taminladi.

SHu tariqa, “Bunyodkor” BAA yig'ini doirasidagi to'rtinchi nazorat uchrashuvida ham g'alaba qozondi. Bungacha Mirjalol Qosimov shogirdlari bilan BAAning “SHarja” va Xitoyning “SHandun Lunen” klublarini 3:1 va 4:0 hisoblarida mag'lub etgan va chin yurtining boshqa vakili “CHuncin Lifan” jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o'ynagandi.

Nazorat uchrashuvi
Dubay. "Al-Maktum" stadioni
“SHABAB AL-AHLI” – “BUNYODKOR” 1:4 (1:1)
Gollar:
Filip Raevac 26 (0:1), 44-daqiqa (1:1), Mirjahon Mirahmadov 82 (1:2), Rasul Yuldoshev 88 (1:3), Rasul Yuldoshev 90 (1:4)
“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Islomjon Qobilov, Rustamjon Ashurmatov, Mirg'iyos Sulaymonov, Xurshid G'iyosov, Jovlon Ibrohimov, Murodjon Toshmatov, Mirjamol Qosimov, Sanjar Qodirqulov, SHoxruh Gadoev, Filip Raevac
Zaxiradan maydonga tushganlar:  Suhrobjon Sultonov, Anvar G'ofurov, Sardor Sobirxo'jaev, Davronbek Umirov, Rasul Yuldoshev, Artyom Gabelok, Mirjahon Mirahmadov, Abdulla Abdullaev

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика