So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  2 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  1 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  2 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  93 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

Nazorat uchrashuvi: “CHonbuk Motors” – “Nasaf” 5:3 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi: “CHonbuk Motors” – “Nasaf” 5:3

Teglar :  NasafCHonbuk Motors
“Nasaf” futbolchilari kecha Birlashgan Arab amirliklarida o'tkazayotgan o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida Janubiy Koreya chempioni “CHonbuk Motors” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Kechagi bellashuv avvalgisidan farqli ravishda gollarga boy bo'ldi. Bellashuvning 23-daqiqasida “CHonbuk Motors” futbolchilari hisobda oldinga chiqib olishdi. Ikkinchi bo'lim boshida hujumchimiz Ilhom SHomurodov jamoadoshlari hujumini muvaffaqiyatli yakunladi. Ammo oradan ikki daqiqa o'tib yana raqibimiz Eldor Suyunov qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi.

61-daqiqaga kelib markaziy himoyachimiz SHerzod Azamov gol urib hisobni tenglashtirgan bo'lsada, 69-daqiqada yana Janubiy Koreya chempioni hujumi samarali yakunladi – 2:3. 74-daqiqa o'tib borayotgan bir paytda futbolchilarimiz uchrashuvda uchinchi  marotaba muvozanatni tiklashdi. Bu gal Artur Gevorkyan 11-metrli jarima zarbasidan raqibga imkoniyat qoldirmadi. 76-daqiqada koreyaliklar to'rtinchi bor futbolchilarimizni to'pni maydon markazidan boshlashga majbur qilishdi. Navbat bo'yicha endi vakillarimiz to'p kiritishlari lozim edi. O'yin so'nggiga qadar futbolchilarimiz hisobni tenglashtirish uchun ko'plab hujumlar tashkil etishdi. Ammo omad shu kuni “CHonbuk Motors” futbolchilari tomonida edi.

Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida ular  yana bir bor darvozamizga to'p kiritib, o'yinni o'z foydalariga hal qilishdi – 5:3.

Ushbu uchrashuvni futbolchilarimiz quyidagi tarkibda o'tkazdi: Eldorbek Suyunov, SHuhrat Muhammadiev (Dilshod Xushbakov, 84), SHerzod Azamov, Maqsud Karimov, SHarof Muhitdinov, Bahrom Abdurahimov (Najmiddin Normurodov, 75), Azizjon G'aniev (Doniyor Narzullaev, 84), Dilshod Rahmatullaev, Artur Gevorkyan, Ilhom SHomurodov, Bobur Abduholiqov (S.Rahmatov, 79).

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика