So’nggi yangiliklar

09:47Мбаппе Франция рекордини янгилади  1 09:15Ямал тарихга кирди  5 08:41Дембеле тарихда ушбу натижага эришган 10-футболчи бўлди  9 08:09Месси Дембелени табриклади  6 07:44Хави АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  4 02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  120 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  5 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  11 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  8 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  21 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  6 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6

Nazorat o'yini. "Qizilqum" “Borac”ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Nazorat o'yini. "Qizilqum" “Borac”ni mag'lubiyatga uchratdi

Teglar :  QizilqumBorac
Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan “Qizilqum” futbolchilari 31 yanvar kuni yig'in doirasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvida Bosniya va Gercogovinaning “Borac” klubi bilan kuch sinashdi.

Raqib “Borac” klubi salkam bir asrlik tarixga ega bo'lib, o'tgan yili mamlakatining yuqori divizonida 4-pog'onani egallagan. 2010 yili Bosniya kubogi, 2011 yil jamoa mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan. Uch marta bronza medallariga egalik qilgan.

Bellashuvning 63-daqiqasida "Qizilqum" tomonidan uyushtirilgan ajoyib kombinaciya gol bilan yakunlandi. SHerali Jo'raev o'ng qanotda raqib himoyachisini ustalik bilan aldab o'tib, to'pni jarima maydonchasida qulay vaziyatda turgan gruziyalik hujumchi Mate Vacadzega uzatdi. Tajribali legioner bu vaziyatda raqib posbonini dog'da qoldirishning uddasidan chiqdi- 1:0. 

Bu gol uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi va “Qizilqum”ga Turkiya yig'ini davomidagi ilk g'alabani taqdim etdi.

Mazkur bellashuvni "Qizilqum" quyidagi tarkibda o'tkazdi: Ignatiy Nesterov, Erkin Baydullaev, Muhsin Ubaydullaev, Salim Mustafaev, SHerali Jo'raev, Oleg Tolmasov, Behruz Sadilloev, Mate Vacadze,  Elguja Grigalashvili, Giorgi Kuxianidze, Oybek Qilichev.

"Qizilqum" Turkiya yig'ini doirasida uchinchi nazorat uchrashuvini 2 fevral kuni Ukrainaning “Obolon” klubi bilan o'tkazadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика