So’nggi yangiliklar

10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  0 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  5 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  3 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  34 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  30 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  1 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  12 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  3

Nazorat bahsi. “Navbahor” – “Navbahor-2” – 5:0 Yangiliklar

Nazorat bahsi. “Navbahor” – “Navbahor-2” – 5:0

11 avgust kuni “Markaziy” o'yingoh maydonida asosiy tarkib futbolchilari Rashid G'ofurov murabbiylik qilayotgan “Navbahor-farm” va Denis Toymencov qo'l ostidagi “Navbahor – U-21” yoshlar jamoalarining aralash tarkibidan iborat bo'lgan “Navbahor - 2” jamoasiga qarshi nazorat bahsi o'tkazdi.

Mazkur o'yinda “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ikkita bo'limda ikki xil tarkibni maydonga tushirdi. “Lochinlar” safida faqatgina darvozabon Dilshod Hamroev to'liq – 90 daqiqa to'p surdi, xolos.

Uchrashuv borasida to'xtaladigan bo'lsak, 1-bo'limda aralash tarkibdan iborat bo'lgan jamoa asosiy tarkib vakillariga munosib qarshilik ko'rsata oldi hamda raqib jamoasi oldida bir qator vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Ammo o'sha imkoniyatlardan samarali tarzda foydalana olmadi.

Asosiy tarkib futbolchilari ham tanaffusgacha bir qator xavfli hujumlar tashkil etishdi. Lekin yakuniy zarbalar oxiriga etmay qolardi.

Birinchi bo'limning so'nggi daqiqasida rossiyalik tajribali yarim himoyachi Pavel Golishev to'pni chalqancha usulda darvozaga aniq yo'llab, jamoasining tanaffusga 1:0 hisobidagi g'alaba bilan chiqib ketishini taminladi.

Ikkinchi bo'limda tashabbusni to'lig'icha qo'lga olgan Andrey Kanchelskis shogirdlari Ruslan Bolovning “dubl”i hamda Abbos G'ulomov va Mirzohid G'ofurovning gollari evaziga yakuniy hisobning yirik – 5:0 ko'rinish olishini taminlashdi.

Qisqasi, ushbu o'yinda baribir tajriba o'z so'zini aytdi.


Nazorat bahsi
“Navbahor” – “Navbahor - 2” – 5:0 (1:0)
11 avgust. Namangan. “Markaziy” o'yingoh.
Hakamlar
: G'ayrat Jo'raev, Islom Nosirov, Isroil Imomnazarov.
Gollar: P.Golishev (45), A.G'ulomov (71), R.Bolov (83, 85), M.G'ofurov (87).
“Navbahor”: Dilshod Hamroev, Mirkomil Lokaev, Ivan Solovyov, Islombek Isoqjonov, Igor Golban, SHohruh Mahmudhojiev, Islom Rashidxonov, Xurshid Muxtorov, Tohir SHamsitdinov, Pavel Golishev, Zabihillo O'rinboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: G'iyosjon Komilov, Azimjon Ahmedov, Azizbek Turg'unboev, Sardor Telyakov, Mirzohid G'ofurov, Davron Hoshimov, Dostonbek Abdulhaev, Abbos G'ulomov, Ruslan Bolov, Anvar Hojimirzaev.
“Navbahor - 2”: Isroiljon Obidjonov, Mirzohid Mirzamahmudov, Sodiqjon Ortiqov, Jamoliddin Bahromov, Ayubxon Jo'raev, Abdulaziz Nishonboev, Mirjalol Abdumutalov, Asilbek Orifjonov, SHerzod G'ulomjonov, Akrom Bahriddinov, Ilhomjon Aliboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Islom Abdullaxonov, Qodirjon Ikromov, Murodjon Adashboev, Kamron Nematjonov, Omadbek Toshtemirov, Doniyor Inamov, Abdurasul Qayumbaev.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика