So’nggi yangiliklar

17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  0 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  0 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  9 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  28 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  31 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1

"Navro'z Kubogi"-2019 oldidan "Bunyodkor" va "Odil Junior" mutasaddilari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi Yangiliklar

"Navro'z Kubogi"-2019 oldidan "Bunyodkor" va "Odil Junior" mutasaddilari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi

Teglar :  Odil Junior
22-26 mart kunlari 2006-2009 yillarda tavallud topgan 4 yosh toifasidagi futbolchilar o'rtasida "Navro'z Kubogi"-2019 musobaqasi bo'lib o'tadi.

SHu munosabat bilan 15 mart kuni "Bunyodkor" klubida musobaqani yuqori saviyada o'tkazish yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda "Bunyodkor" va "Odil Junior" vakillari ishtirok etdilar.

"Klubimiz bosh homiylarining asosiy talablaridan biri bolalar futboliga katta etibor qaratish. Bundan buyon o'smirlar o'rtasidagi yaxshi saviyadagi musobaqalarni ko'paytiramiz. Bu borada "Bunyodkor" klubi prezidenti Ulug'bek Murodilloevich ham chetda turmasligini aytib, ko'plab musobaqalar o'tkazishimiz kerakligini bo'lib o'tgan yig'ilishda ham takidlab o'tdilar. SHu munosabat bilan ham ananaviy "Navro'z Kubogi"ni bu safar yanada sifatli tarzda o'tkazishga qaror qildik. Bu borada ancha yillardan beri yuqori saviyada musobaqalar o'tkazib kelayotgan "Odil Junior" rahbariyati bilan hamkorlik qilamiz. Maqsadimiz - asosiy jamoamizda bugun musobaqada javlon uradigan o'smirlarni o'ynab ketishlarini taminlash", - dedi klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaev.



Yig'ilish davomida tez tibbiy yordam, ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlik hamda musobaqaning bazi detallari haqida kelishib olindi. Turnir davomida maydon taminotiga Davron SHoqurbonov masul bo'ladi. Akademiya rahbariyatidan Vadim SHadimatov va Bahodir Mahakamov esa jamoalar bilan yaqindan ishlaydilar. Undan tashqari akademiya menejeri Azamat Zokirov ham bevosita musobaqada klublarga o'z yordamini berib boradi.

"Odil Junior" bolalar futbol klubining ishchi guruhi esa musobaqa davomida barcha jamoalar bilan yaqindan yordam beradi. Axborot hamkorimiz hisoblangan "Sport" telekanalida efirga uzatib kelinayotgan "Kelajak yulduzlari" ko'rsatuvining maxsus soni esa aynan ushbu turnirga bag'ishlanadi.



"Ulug'bek Mirzaevni klub rahbariyatiga kelishi men uchun ayni muddao bo'ldi. SHu kungacha "Bunyodkor" rahbariyati bilan muntazam ravishda bolalar futboliga doir musobaqalarni o'tkazib kelganmiz. Endi bolalar turnirlari sonini oshirishdan tashqari, sifatini ham yaxshilashga etibor qaratamiz. Yaqin kunlarda ikki klub hamkorligi o'rtasida CHempionlar ligasi musobaqasini tashkil qilish arafasida turibmiz.

SHuningdek, mazkur musobaqani o'tkazishda o'zining katta yordamini ayamayotgan "Dolce Italia" savdo belgisiga ham o'z minnatdorchiligimni bildiraman", - dedi musobaqa tashkilotchisi Nodirxo'ja Yuldashev.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика