So’nggi yangiliklar

20:38Финалиссима УЕФА ва КОНМЕБОЛ қарори билан бекор қилинди. Нега?  0 20:18"Ливерпуль" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  1 20:12Ла Лига. "Барселона" — "Севилья" 2:0 (матнли трансляция)  10 19:38"Барселона" — "Севилья". Таркиблар маълум  5 19:08Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" - "Пахтакор" (матнли трансляция)  72 18:03​"Бобур Арена" Суперкубокка тайёр!  13 18:01"Манчестер Юнайтед" — "Астон Вилла". Таркиблар маълум  3 17:01Марушич: “Фаворитмиз? Бугун бир лаҳза ҳаммасини ҳал қилиб юбориши мумкин”  3 16:49Ўзбекистон Суперкубоги: дублга эришган футболчиларни биласизми?  3 16:09Сардор Собирхўжаев: “80-90 фоиз легионер мураббий ва футболчилар Суперлигани жуда кучсиз деб ўйлаб келишади”  3 15:39Пётр Пажишек: "Пахтакор"га келишим? Европадан ташқарида ўйнаб кўрмоқчи эдим"  2 15:01Opta "Манчестер Сити"нинг муваффақиятига ишонмаяпти  9 14:17МЮ португалиялик юлдузга кўз тикди  2 13:30Ўзбекистон Суперкубоги тўпурарлари: Черан етакчи, Кошелев ва Акопянц ҳам рўйхатда бор  4 13:02"Барселона" ёз учун устувор мақсадни танлади  13

"Navbahor"da ikkinchi davrada nima uchun o'ynamaganimni o'zim ham bilmayman. "Neftchi" bilan ham medallarga harakat qilamiz" - Nurillo To'xtasinov Yangiliklar

"Navbahor"da ikkinchi davrada nima uchun o'ynamaganimni o'zim ham bilmayman. "Neftchi" bilan ham medallarga harakat qilamiz" - Nurillo To'xtasinov

"Neftchi" transferlar oynasi ochilmasdanoq harakatni hammadan avval boshladi. Klub 20 nobyar kuni yarim himoyachi Nurillo To'xtasinov bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.

. O'tgan mavsumni "Navbahor"da o'tkazgan futbolchi etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. Uzoqdan uriladigan chiroyli gollar muallifi Namanganda "yo'qolib" qoldi. Nurillo To'xtasinov bugundan "Neftchi" mashg'ulotlarida astoydil mehnat qilmoqda. Mashg'ulotlar yakuniga etgach uning fikrlarini tingladik. 


"Lutfulla To'raev "Neftchi"da qoladi" - "Neftchi"ning bugungi mashg'ulotidan reportaj+Vitaliy Levchenko bilan intervyu


- O'tgan mavsumdan qanday xulosalar oldingiz? CHunki "Bunyodkor"dan ajoyib sport formasida ketib "Navbahor"da o'z darajangizni tushirib yubordingiz...

- Har bir futbolchi o'ynashni istaydi. "Navbahor"da yaxshi mavsum o'tkazdim, deya olmayman. To'g'ri medallarga ega chiqdik. Ammo o'zimda o'yin amaliyoti kam bo'ldi. Hayot davom etadi. Endilikda yanada yaxshi ishlab oldingidek gollar urishga harakat qilaman. Umid qilamanki, "Neftchi"da o'zimni ko'rsata olaman. 

-  Nurillo To'xtasinov Namanganda raqobatda yutqazdimi yoki boshqa sabablar bormi? CHunki poziciyangizda kuchli futbolchilar ko'p edi. Tashqaridan qaraganda shunday taassurot qoldirdi...

- Raqobatdan hech qachon qo'rqmaganman. Raqobat bo'lsagina futbolchi o'sadi. Jamoa oldinga siljiydi. "Navbahor"ga kuchli futbolchilar keldi. Ikkinchi davrada nima uchun o'ynamaganimni o'zim ham ochig'i bilmayman. Mashg'ulotlarda astoydil ter to'kdim. O'tgan mavsum ortda qoldi. Endilikda yangi marra sari intilamiz. 

- Xorijga ketishingiz kutilgandi. O'sha pallada statistikangiz, o'yinlaringiz ayni yuqori pallaga chiqib bo'lgandi. O'zbekiston chempionatida bir joyda qotib qolishdan qo'rqmaysizmi?

- Albatta, xorijdan takliflar kelib tushdi. Ammo bu paytda "Navbahor" yaxshi chorlov bilan chiqdi. Futbolda oldindan biror narsani ayta olmaysiz. Ertaga nima bo'lishini bilmaysiz. Xudo xohlasa o'z o'yinlarim bilan muxlislarni xursand qilishga intilaman. 

- Vitaliy Levchenko bilan maqsadlar, nima kutayotganini barchasini gaplashib oldingizmi?

- "Neftchi"da yaxshi jamoa shakllangan. Yangi mavsumda maqsadlarimiz ulkan. Birinchi navbatda har bir uchrashuvda ishqibozlarni xursand qiladigan natija qayd etishimiz zarur. Vitaliy Grigorevich bilan gaplashib oldik. Jamoaga moslashib olish biroz vaqt kerak. Vaqt o'tgani sari bari iziga tushib boraveradi. 

- Faoliyatingiz davomida birgina oltin medal etishmayapti...

- "Neftchi" bilan medallar uchun kurashamiz. Mavsum oxirida qilgan ishlarimiz samarasi ko'rinadi. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика