So’nggi yangiliklar

21:35Миржалол Қосимов: "Адолатли дуранг қайд этилди, сабаби..."  0 21:34Расман: "Ман Сити" Грилишни "Эвертон"га ижарага берди  0 21:30Суперлига. "Шўртан" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  2 21:12Акмал Рустамов: "Қизилқум" ҳимоявий футбол ўйнамоқда деб кўп гапиришяпти, мен ушбу фикрга қўшилмайман"  1 20:56Суперлига. Салкам 20 минг томошабин йиғилган ўйинда "Навбаҳор"нинг қўли баланд келди  75 20:55ПСЖ Доннарумма учун 50 миллион евро сўрамоқда. "Манчестер Сити" бу суммани кўп деб ҳисобламоқда  1 20:29Про лига. "Арал" "Жайхун" устидан ғалаба қозонди  0 20:11Суперлига. Зерикарли ўтган ОКМК - "Қизилқум" ўйинида голлар урилмади  23 19:50Санчо фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  0 19:21Саудия Арабистони клуби Мбаппе учун "космик" сумма тўлашга тайёр  6 18:40Доннарумма ПСЖнинг УEФА Суперкубоги учун қайдномасидан тушиб қолди  2 17:38"Қўқон-1912" 8 йиллик танаффусдан сўнг Ғузорда ғалаба қозона оладими?  0 17:00Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 4 ўйиндан бери "Андижон"ни ютолмаяпти  1 16:39АПЛ клублари А Серия клубларига қараганда 500 баравар кўп (!) пул сарфлади  7 16:12Испания футбол федерацияси "Барселона" АҚШда ўйин ташкил этишига рози. Энди УЕФАнинг рухсати керак  4

"Navbahor": Yoshlarimizga Lyan ustozlik qiladi Yangiliklar

"Navbahor": Yoshlarimizga Lyan ustozlik qiladi

“Navbahor” yoshlar jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi.
SHu paytga qadar, yoshlarimiz bilan Tohir Madrahimov va Ahmadjon Xolmirzaevlar ishlab kelishayotgandi. Klub rahbariyati o'zaro kelishgan holda murabbiylar shtabida islohotlarni amala oshirishga qaror qildi. SHu sababli, Madrahimov va Xolmirzaevlar joriy yilgi mavsumda yoshlarimiz bilan ishlamaydigan bo'lishdi. Har ikki mutaxassisga ham jamoada olib borgan faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildirgan holda kelgusi ishlariga omad tilab qolamiz. Klub rahbariyatining qaroriga ko'ra endilikda yoshlarimizga Aleksandr Lyan ustozlik qiladi. Unga “Navbahor”ning sobiq futbolchilaridan biri SHerzod Jo'raev yordam beradigan bo'ldi. Har ikki mutaxassis ham shu kunga qadar “Navbahor” futbol klubiga qarashli “Navbahor-Umid” futbol maktabida faoliyat yuritayotganligini etirof etish joiz. Aleksandr Lyan murabbiylik sohasida uzoq yillardan beri samarali tarzda ishlab kelayotgan mutaxassislar sirasiga kiradi. Xususan, uning qo'l ostida kamol topgan bir qator futbolchilar mamlakatimizning turli jamoalarida ham to'p surishga ulgurishgan. Fikrimizga misol tariqasida muxlislarimizga tanish bo'lgan Akram Bahriddinov, Abdumalik Abdullaev, Timur Sultonov, Maksim Usmonov, shuningdek, futzalda faoliyat yuritayotgan Rustam Umarov, Umid Xolmatov, Xurshid Tojibaev kabi futbolchilarni keltirish mumkin. SHerzod Jo'raev esa futbolchilik faoliyati davomida oliy liga, xususan ”Navbahor” tarkibida to'p surib ishqibozlar mehrini qozonishga ulgurgandi. 
Bugungi mashg'ulotdan oldin klub rahbariyati va yoshlar jamoasi azolari o'rtasida kichik yig'ilish bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda yoshlarga mashg'ulotlarda astoydil harakat qilib, kelgusida nafaqat “Navbahor” jamoasi asosiy tarkibi balki terma jamoalarmiz uchun ham foydasi tegadigan futbolchi sifatida kamol topishlariga tilak bildirildi. SHuningdek, yig'ilish davomida Lyan hamda Jo'raevlar futbolchilarga yoshlar jamoasi murabbiylari sifatida rasman tanishtirildi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика