Saudiya Arabistoni klubi Mbappe uchun "kosmik" summa to'lashga tayyor
12 avg 19:21
Yangiliklar


Saudiya Arabistoni klubi Mbappe uchun "kosmik" summa to'lashga tayyor
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Saudiya Arabistoni chempionatining transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Bu haqda "Defensa Central" xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni klublardan biri franciyalik futbolchi uchun 350 million evro to'lashga tayyor. Bu tarixdagi eng qimmat transfer bo'ladi.
Saudiya arabistoniliklar dastlab "Real"ning yana bir yulduzi – Vinisiusni nishonga olgandi. Braziliyalik futbolchi "qaymoqranglilar" bilan shartnomasini uzaytirmayapti, biroq boshqa qarorni ham qabul qilgani yo'q.
Mbappe hozirda "Real"dan boshqa variantni ko'rib chiqmayapti. Biroq yuqorida qayd etilgan summadan iborat rasmiy taklif tushsa, "qirollik klubi" bunga qanday munosabatda bo'lishi nomalum.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar