So’nggi yangiliklar

"Navbahor" Turkiyada Qozog'istonning so'nggi jamoasiga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

"Navbahor" Turkiyada Qozog'istonning so'nggi jamoasiga mag'lub bo'ldi

Bugun "Navbahor" jamoasi Turkiya yig'ini doirasidagi navbatdagi sinov-nazorat o'yinini o'tkazdi.

Unda raqib Qozog'iston chempionatining so'nggi pog'onasida borayotgan "Oqjeptes" jamoasi bo'ldi va unda namanganliklar 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuvning 3, 34 va 57-daqiqalarida gol o'tkazib yuborgan "Navbahor" 10-daqiqada Bahrom Abdurahimov hamda 48-daqiqada Azim Ahmedovning penaltidan urgan goli evaziga javob qaytara oldi.

Uchrashuvning dastlabki bo'limida "Navbahor" ushbu tarkibda harakat qildi: Rahimjon Davronov, Azim Ahmedov, Mirzohid G'ofurov, Bahrom Abdurahimov, Marko Putinchanin, Abbos G'ulomov, Davron Hoshimov, Zabihillo O'rinboev, Nikola Tashich, Ehsoni Panchshanbe, Ivan Solovev.

Ikkinchi bo'lim boshida esa O'tkir Yusupov, Sardor Telyakov, SHerzod G'ulomjonov, Islom Isoqjonov, Quvondiq Ro'ziev, SHoxrux Mahmudxojiev kabi futbolchilarning zaxiradan maydonga tushganini ko'rdik.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика