So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

"Navbahor": Tayyorgarlik boshlandi Yangiliklar

"Navbahor": Tayyorgarlik boshlandi

Teglar :  NavbahorOliy liga
Bugun "Navbahor" azolari Namanganda to'planib, 2017 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Namanganda tashkil etiladigan dastlabki yig'in 28 dekabr kuni yakuniga etadi. Dastlabki kungi mashg'ulot davomida futbolchilar bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonov boshchiligida “Markaziy” o'yingohning yugurish yo'lakchasida jismoniy holatni tiklash bilan bog'liq mashqlarni bajarishdi. Bugungi mashg'ulotda 19 nafar futbolchi ishtirok etdi.

Mahoratli yarim himoyachi Akram Bahriddinov jarohatdan keyin tiklanish jarayonini o'tkazayotganligi sababli mashg'ulotlarga keyinroq qo'shiladi.
Jamoadagi o'zgarishlar xususida gap ketganida, darvozabon Akmal Ortiqovni jamoa safiga qaytganligini etirof etish joiz. Mavsumning birinchi yarmini “Navbahor”da o'tkazgan Ortiqov ikkinchi davra boshlanishi arafasida “Olmaliq” klubiga o'tishga majbur bo'lgandi. Murabbiylar shtabida o'zgarishlar ro'y bergach Akmal yana jamoamizga qaytdi. Bundan tashqari tarkibga “Paxtakor” yoshlar jamoasi azosi Ravshan Xursanov qo'shildi. 2016 yilgi mavsum davomida yoshlar birinchiligida qatnashgan futbolchi o'z hisobiga 12 ta gol yozib qo'ygandi. Joriy yilgi mavsumni birinchi liga jamoalari safida o'tkazgan yana bir darvozabon Amir Ergashev ham mashg'ulotlarga qo'shildi. SHuningdek, yoshlar safida to'p surgan yoshlar ham yig'inda qatnashishni boshlashdi. Ayni paytda tarkibni kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilar ham muzokaralar olib borilayotganligini qo'shimcha qilish lozim. Muzokara o'tkazilayotgan o'yinchilar bilan bir qarorga kelingach, ular tarkibga qo'shilishadi.

Jamoa murabbiylar shtabiga Anvar Soliev va SHerzod SHaripovlar ham qo'shilishganligini aytib o'tish joiz. Namangan futboli tarbiyalanuvchisi bo'lmish Anvar Soliev muxlislarimizga yaxshi tanish. So'nggi yillarda “Paxtakor”da faoliyat yuritgan Soliev mavsum boshida bir nechta o'yinda ham maydonga tushgandi. Keyinchalik esa Anvar murabbiylik faoliyatini boshlab, jamoa murabbiylar shtabidan joy olgandi. Bundan bir necha yil oldin futbolchilik faoliyatini tamomlagan SHerzod SHaripov ham o'z vaqtida “Navbahor” sharafini himoya qilgan. SHaripov 2016 yilgi mavsum davomida Toshkentning “Spartak” jamoasida murabbiy sifatida ishlab kelayotgandi.

Murabbiylar qaroriga ko'ra 2016 yilgi mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan bir qator futbolchilarga javob berildi. Aynan shu sababli dastlabki yig'inga Artur Parvanov, Aleksandr Korneychuk, Ruslan Vagapov, Murod To'ychiboev, Qahramon Mahammadjonov, Vladislav Nuriev, Vladislav Aleksinlar jalb etilishmadi.

Jamoaning dastlabki kungi yig'inida qatnashgan futbolchilar ro'yxati.
Darvozabonlar:
Ortiqov Akmal, Mamatxonov Mirzohid, Ergashev Amir;
Himoyachilar: SHamsiddinov Tohir, Mamazayitov Azizbek, Boydedaev Ilhomjon, Olimjonov Javohir, Karimov G'olibbek, Yunusov Hojiakbar;
Yarim himoyachilar: Mahmudov Alisher, Aliev Azam, Jabborov Dilshod, SHarofiddinov Bilol, Jo'raev G'ayrat, Isoqjonov Islombek;
Hujumchilar: Abbosov SHohjahon, Abdullaev Abdumalik, Aliboev Ilhomjon, Xursanov Ravshan.


"Navbahor": Dastlabki yig'in 21 dekabrda boshlanadi

Islom Isoqjonov: “Navbahor” jamoasida o'ynash yoshligimdagi orzum bo'lgan”

Oliy liga-2016 yakunlari. "Navbahor"ning ishtiroki raqamlarda

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика