So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  58 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

"Navbahor": Tarbiyalanuvchilarimiz g'alaba bilan boshlashdi Yangiliklar

"Navbahor": Tarbiyalanuvchilarimiz g'alaba bilan boshlashdi

Teglar :  Navbahor
Bugun oliy liga klublarining tayyorlov guruhlari o'rtasida o'tkazib kelinayotgan O'zbekiston birinchiligining “S” guruhidagi bahslarga start berildi.

“S” guruhida “Navbahor” futbol klubi qoshida faoliyat yuritayotgan “Navbahor-Umid” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari “Navbahor” sharafini himoya qilishadi. Guruhda tarbiyalanuvchilarimizga “Neftchi” (Farg'ona), “Metallurg” (Bekobod), “Olmaliq” (Olmaliq) va “Qo'qon-1912” (Qo'qon) klublaridagi tengqurlari raqiblik qilishadi.

Dastlabki turda tarbiyalanuvchilarimiz “Metallurg” jamoasi bilan bahs olib borishdi. Namangandagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tgan uchrashuvda yosh futbolchilarimiz 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yinning 14-daqiqasida Kamoliddin Mirg'iyosov hisobni ochishga erishdi. Bo'lim yakunlanishi arafasida Abdulaziz Jalilov chap qanotdan oshirib berilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llab, g'alabani mustahkamladi. Tanaffusdan keyin bekobodlik yoshlar harakatida faollik ko'zga tashlandi. Bu hol 59-daqiqada hisobdagi farqni qisqarishiga olib keldi. Bobir Abdumajidov yoshlarimiz darvozasini nishonga oldi. Oradan hech qancha vaqt o'tmay Jasurbek Bahodirov o'ng qanotdan oldinga intilib, olis masofadan burama zarba yo'llab hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. 73-daqiqada esa Islombek Karimov o'yindagi yakuniy natijani 4:1 ko'rinish hosil qilishini taminladi.

Dastlabki turning ikkinchi uchrashuvida “Olmaliq” o'z maydonida “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qiladi. “Neftchi” jamoasi esa birinchi turda dam oldi. 2-turdan o'rin olgan o'yinlar 14 iyun sanasiga belgilangan. SHu kuni yoshlarimiz Farg'onada “Neftchi” klubi mehmoni bo'lishadi. “Metallurg” esa “Olmaliq” jamoasini qabul qiladi. Guruh bosqichi 23 avgust kuni yakuniga etadi.

Oliy liga tayyorlov guruhlari birinchiligi. "S" guruhi. 1-tur.
“Navbahor” – “Metallurg” – 4:1 (2:0). 7 iyun. Namangan. “Markaziy” o'yingoh.
Hakamlar:
M.Majidov, R.Odilov, R.Galiev, M.Mamatxonov.
Gollar: K.Mirg'iyosov (14), A.Jalilov (39), J.Bahodirov (61), I.Karimov (73) – B.Abdumajidov (59).
Ogohlantirishlar: K.Abdusalomov (69), J.Nurmatov (79, ikkalasi ham “Metallurg”).

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика