So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Арсенал", "Боруссия Д" ва "Наполи"да ғалаба "Юве"да дуранг ва бошқа натижалар  11 02:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Монако" билан дуранг ўйнади  6 01:55ЕЧЛ. ПСЖ Рамушнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига "Барселона"ни мағлубиятга учратди  136 01:20ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" ўз уйида "Арқадағ"ни мағлубиятга учратди. "Андижон" жойлашган гуруҳда ҳолат қандай?  2 01:01Сардор Азимов: "Биринчи бўлимда гол уришни мақсад қилгандик. Жамоада муҳит аъло даражада"  1 00:31"Барса" тез орада де Йонг билан шартномани узайтиради  0 00:06ЕЧЛ. "Ньюкасл" йирик ғалаба қайд этди, "Қорабоғ" "Копенгаген"ни енгди  1 23:42Қозоғистонлик тадбиркор "Реал"дан бешта гол ўтказган "Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабонига машина совға қилди  2 22:50Максим Шацких: "Энг муҳими гол ўтказмаслик ва нолга ўйнаш. Реализация эса кун келиб яхшиланади"  14 22:32"Элче" "Барса"га қарши ўйин анонсида учрашув "Камп Ноу" стадионида ўтказилишини маълум қилди  0 21:54"Ал Аҳли" устози: "Дурангдан қониқмадик, аммо натижа адолатли бўлди. Бу каби атмосферани маҳаллий чемпионатда доим ҳам кўравермаймиз"  9 21:20Жуд Беллингем Англия терма жамоасида йил футболчиси деб тан олинди  2 20:40ОЧЛ-2. "Андижон" "Бобур Арена"да "Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади  96 20:29Феде Вальверде кечаги ўйиндан кейинги айбловларга жавоб берди: "Суягим синган ҳолатларда ҳам ўйнаганман. Бу айбловлар мени хафа қилди"  5 20:00"Барселона" - ПСЖ — ҳужумчилар лазаретда, топ ярим ҳимоячилар тўқнашувида ким ғолиб бўлади?  8

"Navbahor": Tanishtiruv marosimidan fotojamlanma Yangiliklar

"Navbahor": Tanishtiruv marosimidan fotojamlanma

Teglar :  Navbahor
Kecha Namangandagi “Markaziy” o'yingohning majlislar zalida 2016 yilgi chempionatda jamoamiz sharafini himoya qiladigan futbolchilarning tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi.

Taqdimot marosimida Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti X.X.Bozarov, Namangan shahar hokimi, Namangan viloyat futbol federaciyasi vice-prezidenti B.M.Xolmirzaev, “Navbahor” futbol klubi prezidenti B.M.Bekxodjaev, klub vice-prezidenti O.A.Qosimov, “Navbahor” jamoasi asosiy tarkib murabbiylar shtabi, joriy yilgi mavsumlar oralig'ida jamoaga safiga kelib qo'shilgan 17 nafar futbolchilar hamda “Navbahor” jamoasining bir guruh ishqibozlari ishtirok etishdi.


Taqdimot marosimini Namangan viloyat  futbol federaciyasi vice-prezidenti Bahrom Xolmirzaev ochib berdi. SHundan so'ng Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Xayrullo Bozarov so'zga chiqib, jamoa futbolchilari oldida turgan masuliyatli vazifa xususida fikr yuritdi. SHu bilan birgalikda Bozarov o'z so'zida “Navbahor” jamoasini O'zbekiston chempionatlari o'tkazila boshlagandan beri oliy ligada muntazam ravishda qatnashib kelayotgan uchta jamoadan biri ekanligini ham alohida etirof etdi. SHuningdek, viloyat rahbari bugungi kunda futbolchi va murabbiylar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berilayotganligi ham aytib o'tdi. Xususan, Namangandagi “Markaziy” o'yingoh mamlakatimizdagi eng yaxshi o'yingohlardan biri ekanligini takidlab o'tib, jamoa azolariga navbatdagi chempionatda omad yor bo'lishiga tilak bildirdi.


Namangan viloyat futbol federaciyasi vice-prezidenti B.Xolmirzaev asosiy tarkib murabbiylar shtabi bilan tanishtirgach, mavsum arafasida “Navbahor” azosiga aylangan futbolchilarga jamoa futbolkalari topshirildi. Unga ko'ra Alibek Turobov 23, Aleksandr Korniychuk 12, Igor Golban 29, Obid Jo'raboev 15, Xayrullo Karimov 4, Aziz G'ulomxo'jaev  3, Alibobo Rahmatullaev 70, Ravshan Aslanov 30, Nodirbek Mavlonov 5, Sardor Azimov 22, Hasan Asqarov 2, Akram Baxritdinov 7, Sanjar Asqaraliev 8, Anvar Rajabov 18, Mo'ydi Mamazulumov 11, SHohjahon Abbosov 16, Oleksandr Pishur 77-raqamda harakat qiladigan bo'ldi.
Tadbir davomida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiy Rashid G'ofurov so'zga chiqdi: - Viloyat rahbariyati va muxlislar tomonidan bildirilgan ishonchni oqlash uchun harakat qilamiz. Ishqibozlarimizning munosib tarzda qo'llab-quvvatlashlariga ishongan holda maydonga chiqib, viloyat ahlini xursand qilish uchun bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz.


G'ofurovdan keyin jamoa sardori Xayrullo Karimov futbolchilar nomidan so'zga chiqdi: - So'nggi paytlarda jamoaga jiddiy tarzda etibor qaratilayotganligini etirof etib, qisqa vaqt oralig'ida katta xajmdagi ishlar amalga oshirilganligini takidlab o'tdi. Yaratib berilayotgan shart-sharoitlar uchun jamoa nomidan rahbariyatga minnatdorchilik bildirib o'taman. Bunga biz ham maydondagi mazmunli o'yinlarimiz orqali javob berishga harakat qilamiz. Maqsadimiz “Navbahor” jamoasining avvalgi mavqeini ko'tarish. SHu sababli har bir futbolchi uchrashuvlarda bor vujudi bilan to'p surib, muxlislarni xursand qilishga harakat qiladi. Yana bir bor berilayotgan etibor uchun rahmat aytaman.


Marosim yakunida, yoshi ulug' muxlislardan biri Valixon ota "Navbahor" jamoasini 2016 yilgi mavsumda munosib tarzda ishtirok etishini tilak bildirib o'tdi. SHu tariqa "Navbahor" futbol klubining 2016 yilgi chempionat oldidan o'tkazgan taqdimot marosimi yakunlandi.

Kecha bo'lib o'tgan yangi o'yinchilarning taqdimot marosimidan olingan fotosuratlarni etiboringizga xavola etamiz.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика