So’nggi yangiliklar

21:12Жуд Беллингем Англия терма жамоасида йил футболчиси деб тан олинди  0 20:40ОЧЛ-2. "Андижон" "Бобур Арена"да "Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади  79 20:29Феде Вальверде кечаги ўйиндан кейинги айбловларга жавоб берди: "Суягим синган ҳолатларда ҳам ўйнаганман. Бу айбловлар мени хафа қилди"  1 20:00"Барселона" - ПСЖ — ҳужумчилар лазаретда, топ ярим ҳимоячилар тўқнашувида ким ғолиб бўлади?  6 18:36Адебайор Роналду ва Месси ҳақида: "Лео – энг буюклардан бири, лекин ҳатто гўримда ҳам Криштиануни танлайман"  15 17:44"Футбол олами". Пешқадамларга аталган 23-тур ҳақида   1 17:17Ўзбекистон терма жамоасининг октябрдаги иккинчи рақиби номи маълум бўлди  12 16:57"Қайрат" - "Реал" учрашуви сайтимиз фотографи нигоҳида (ФОТОГАЛЕРЕЯ)  1 14:19Антони МЮдаги ёзги давр ҳақида: "Менга ҳурматсизлик қилишди"  6 13:24Обамеянг – бир ўйиннинг учта голида иштирок этган ЧЛнинг энг кекса футболчиси  2 12:57Гюндоган "Галатасарой"нинг уйдаги ғалабаси ҳақида: "Ливерпуль" футболчиларидан бири менга келиб сўради: "Бу ерда доим шундай атмосфера бўладими?"  3 12:38Жейми Каррагер: "Виртцни "Ливерпуль" асосий таркибидан чиқариш керак"  3 11:51Нойер – журналистга "Пафос"нинг голи ҳақида: "Сиз дарвозабон бўлганмисиз?"  2 10:48The Telegraph АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши мураббийлар рейтингини тузиб чиқди  12 10:18Гризманн "Атлетико" тарихидаги ушбу натижага эришган илк футболчига айланди  5

"Barselona" - PSJ - hujumchilar lazaretda, top yarim himoyachilar to'qnashuvida kim g'olib bo'ladi? Yangiliklar

"Barselona" - PSJ - hujumchilar lazaretda, top yarim himoyachilar to'qnashuvida kim g'olib bo'ladi?

Dembele, Rafinya va Xvichaning yo'qligida boshqa etakchilar birinchi planga chiqishi kerak.

2025 yilning 6 may sanasi "Inter" shafqatsizlarcha millionlab muxlislarning orzularini chippakka chiqardi. Avvaliga Franchesko Acherbi keyin esa qo'shimcha bo'limlarda Davide Frattezi kataloniyaliklar darvozasiga 1 tadan gol urib, ECHL finalida "Barselona" – PSJ juftligi hosil bo'lishiga yo'l qo'ymadi. "Barsa" bir necha daqiqa chidab bera olmadi. Asosiy vaqtning o'zidayoq ispanlar yana gollar urib, "Inter"ga kambek uchun umuman imkon qoldirmasligi mumkin edi. Biroq amalda boshqacharoq scenariy bo'ldi: milanliklar qahramonlarcha zafar quchishdi.

Donolarimiz aytishganidek, eng yaxshi o'yin – real hayotda bo'lmagan o'yin. Nega deysizmi? Chunki undan yaxshirog'i bo'lmaydi! Xayollarda uni shunday tasavvur qilish mumkinki – qizig'i, uni inkor etib ham bo'lmaydi. Axir bu faqatgina xayolda-ku. Ko'pchilik kutgan "Barselona" – PSJ finali bilan ham mana shunday vaziyat. Kim biladi deysiz, balki unday final bo'lmagani ham yaxshi bo'lgandir. 

Ammo Chempionlar Ligasining yangi mavsumi start oldi va "Barsa" Parij bilan baribir to'qnashadigan bo'ldi. Ha, tabiiyki, finalda emas. Ancha erta – umumiy bosqichning 2-turida. ECHL boshlanmoqda va mazkur to'qnashuv haroratini pley-offning hal qiluvchi o'yini bilan solishtirib bo'lmaydi. Shunday bo'lsada, bizni sifatli o'yin kutib turibdi! Amalga oshmay qolgan final rejasi esa bu to'qnashuvni yanada jozibaliroq qilayotgandek.

Yana bir muhim faktor – "Oltin to'p". PSJ va "Barselona"ning bir yo'la bir necha nafar futbolchilari sovrin uchun nomzodlar qatorida bor edi. Eng yuqoridan Lamin Yamal va Usmon Dembele joy oldi. Yamal ikkinchi bo'lgani, to'p esa Usmonga nasib qilganidan futbol muxlislarining xabari bor, albatta. Yakuniy ro'yxatning yuqori qismidan o'rin olgan yigitlarning barchasini ko'rish yoqimli bo'lardi, tabiiyki, ularning barchasi asosiy tarkib azosi va o'z ishining ustalari hisoblanadi. Shunday ekan ushbu jamoalarning to'qnashuvini maydonda ko'rish qiziq bo'lishi aniq.

Ammo, lekin, biroq... O'tgan mavsumdagi final kabi yana kutilmagan holatlar yuz bermoqda. Yamal safyga qaytib ulgurdi va dam olish kunlari La Liga doirasida "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda maydonga tushdi va Robert Levandovskiga golli uzatma etkazishga muvaffaq bo'ldi. Dembele esa jarohat tufayli o'yinni o'tkazib yuborishga majbur. Rafinyada ham shunday holat – ko'pchilikning fikriga ko'ra, "Oltin to'p" uchun kurashda nohaq tarzda past (5-pog'ona) o'ringa loyiq ko'rildi. Qo'shimchasiga Dezire Due va Xvicha Kvaracxeliya ham bugun francuzlarga yordam bera olishmaydi. Jarohatlar, jarohatlar…

Boshqa tomondan biz aytib ulgurgan futbolchilar yo'qligida, odatda soyada qolib ketadigan, ammo etirofga loyiq futbolchilar birinchi planga chiqishi mumkin. 

"Barselona" va PSJ hujum chizig'idagi ko'plab figuralari xizmatidan foydalana olmaydi. Lekin har ikki jamoa "miyalari" joyida! Pedri va Frenki de Yong ajoyib sport formasida. Ularning "Barselona" o'yinidagi muhimliligi Rafinya yoki Yamaldan kam emas. Aynan Frenki hamda Pedri o'yinni nazorat qilib, to'purarlar poygalarida etakchilar qatorida boradigan yigitlarni to'p bilan taminlashadi. 

Ispaniyalik "Oltin to'p" so'rovnomasida bor yo'g'i 11-o'rinni egallaganidan unchalik ham qayg'urmagan bo'lsa ajab emas. Pedri ancha aqlli inson va bu kabi detallar tufayli o'yindan etiborini chalg'itmaydi. Marosimdan keyingi ikki uchrashuvda ("Ovedo" va "Real Sosedad") uning harakatlari – hayratga sabab bo'lmoqda. Pedri ungacha ham yaxshi o'yin ko'rsatayotgandi, lekin oxirgi ikki uchrashuv – shunchaki super! U maydondagi harakatlari bilan 

"Sosedad"ga qarshi o'yinda Pedri samarali harakatlar amalga oshirmadi, biroq aynan uni "Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi" deb topishdi. Aynan Pedri maydonda barchasini nazorat qilganini inkor etib bo'lmaydi. "Barselona"ning hech bir harakati u va de Yongning ishtirokisiz o'tmadi. Stadionga to'plangan minglab muxlislar bu mo'jizaviy o'yinni bevosita guvohi bo'lishdi. O'sha kuni ulardan omadliroq odamni topish mushkul edi!

Xo'sh, "Barselona"ga qarshi bahsga PSJning "miyalari" qanday holatda kelmoqda – Vitinya, Joau Nevesh va Fabian Ruis. Nevesh oxirgi ikki o'yinni, Ruis esa bitta uchrashuvni o'tkazib yubordi. Vitinya esa oxirgi turda "Oser"ga qarshi o'yinda 36-daqiqada zaxiraga olindi. Shunday bo'lsada, ularning uchalasi ham qaydnomaga kiritilgan va maydonga tushish imkoniyatiga ega. 

Qizig'i, Vitinya yuqori o'rinlarga mantiqan loyiq edi va to'g'ri o'rindan joy oldi. Portugaliyalik kuchli uchlikdan o'rin oldi. Pedri – esa 11, Vitinya bilan PSJda ham, Portugaliyada ham g'alabalarga erishgan Nevesh – 19-o'rin, misol uchun, Skott Maktomineydan pastroq o'rin. Qanday qilib bu sodir bo'lganiga javob bera oladigan mutaxassis bo'lmasa kerak.

Parijda maydon markazi Nevesh – Vitinya – Ruis – arteriya hisoblanib, aynan u orqali butun tanaga qon etib boradi. Uchlikning har biri hal qiluvchi harakatni amalga oshirishi, gol urishi mumkin. Etiborga loyiq jihat shundaki, Ruis raqib darvozasiga masofadan xavf solishni maqul ko'rsa, Vitinya va ayniqsa Nevesh jarima maydonchasiga yorib kirishni xush ko'rishadi. Joauning "Tuluza"ga qarshi uchrashuvda 8 daqiqada ikki bor "qaychi" uslubidagi zarbalari bilan gollari – Evropada mavsumning eng chiroyli xaylaytlaridan bo'lishi aniq.

Gollar PSJ yarim himoyachilarining asosiy hislati emas, ular ham xuddi Pedri va de Yong singari maydon markazida jamoaga ustunlikni taqdim etishni maqsad qilishgan. Ularning ishi to'p bilan birga o'yinni ham nazorat qilish bilan birga uni Dembele, Xvicha va Duega etkazish hisoblanadi. 

"Barselona" – PSJ finalini ko'rish nasib qilmadi, hozir umumiy bosqichda ularning eng kuchli tarkiblari to'qnashuvi ham amalga oshmaydigan bo'ldi. Rafinya, Dembele, Kvaracxeliya va Dueni bugun maydonda ko'rmaymiz. Hech bo'lmasa markazda eng kuchlilar kurashiga guvoh bo'laylik: Pedri va de Yong – Vitinya, Nevesh va Ruisga qarshi.

Ikki top yarim himoya chizig'i vakillari o'z ishlarini turli usulda amalga oshirishadi. Ularning to'qnashuvida kim ustun chiqadi – juda qiziq!

Reyting: +1   

Fikrlar

   
01 okt 20:59:02
Mardonbek Sobirov
Barca bugun yutmasang boʻlmaydi psjxan qasos olinishini kerak
   
01 okt 20:58:05
L. YaMaL
Oʻyin qattiq boladi. Nma boʻsayam Omad Barsaga. Sharmanda qmasdan gʻalaba qozongin.
   
01 okt 20:54:13
Adis Azizxanov
икковиям зур формада, кучлиси ютсин. Биз барсага маглубият тиламимиз
   
01 okt 20:49:05
Барсити!
Омонжон тоза Реалчи
   
01 okt 20:31:59
Umurzakov_
Bugun barca yutib qo'ysa omonjon hojatxonaga kirib tomirizi kesasizmi
   
01 okt 20:09:17
Samcity
Barsaga omad
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика