So’nggi yangiliklar

17:22ЦСКА, "Акрон" ва "Рубин" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  1 16:50АПЛнинг якунланаётган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси аниқланди  2 16:21"Футбол олами". Ўзбекистон кубоги 1/8 финал жуфтликлари маълум  0 15:45Ўзбекистон кубоги. 1/8 финал баҳсларининг саналари маълум  4 15:29"Насаф" қизиқарли кечган баҳсда ОКМКни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:04"Андижон" "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 14:37"Бавария" Вирцнинг трансфери барбод бўлгач, "Манчестер Юнайтед" юлдузини сотиб олмоқчи  6 14:05БАА - Ўзбекистон учрашувига чипталар қачон сотувга чиқади?  8 13:31Ансу Фати янги клубга ўтишга яқин  2 12:54"Реал" мухлислари учун хушхабар  11 12:25"Манчестер Юнайтед" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  1 11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  5 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  6 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  34 10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  3

Rasman: "Navbahor" serbiyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

Rasman: "Navbahor" serbiyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Teglar :  Navbahor
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida olib borayotgan "Navbahor" tarkibi yana bir legioner bilan to'ldirildi.

Serbiyalik hujumchi Zoran Marushich “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi.

"Marushich  1993 yilning 29 noyabrida Serbiyaning Klina shahrida tug'ilgan. 

Futbolchilik faoliyati davomida Serbiyaning “Sloga” (2010-2013 yillar, 2015 yil), “Vojdovac” (2014 yil), “Borcha” (2017 yil), “Temnich” (2017/2018 yillar), “Sloboda” (2018 yil), Bosniya va Gercegovinaning “Slaviya” (2016 yil), “Krupa” (2016 yil), Belarusning “Dnyapro” (2019 yil) hamda “Neman” (2020 yil) jamoalarida o'ynagan.

Zoran 2021 yilgi mavsumni Tbilisining “Dinamo” tarkibida o'tkazib, 41 ta o'yinda 17 ta golga mualliflik, 9 ta golga assistentlik qilgan holda, Gruziya chempionati to'purari bo'ldi. Bundan tashqari, 28 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda Gruziya chempionatining eng yaxshi hujumchisi, eng yaxshi legioneri va eng yaxshi futbolchisi deb topildi hamda chempionat ramziy terma jamoasidan ham o'rin oldi.

Marushichning Transfermarkt portalidagi transfer narxi 450 ming evro etib belgilangan", - deyiladi klub xabarida.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar Marushichning namanganliklar safiga o'tgani haqida "Eshitdik-da!" rukni orqali xabar bergan edik.

Gruziyada yil futbolchisi va to'purari bo'lgan futbolchi "Navbahor"ga o'tdi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика