So’nggi yangiliklar

23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  5 22:44ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  16 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  14 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  4 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  2 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  6 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  61 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0 18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  3

"Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvi mashmashasi davom etadi. Nega "Paxtakor" futbolchisi uzuk bilan maydonga tushdi? Yangiliklar

"Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvi mashmashasi davom etadi. Nega "Paxtakor" futbolchisi uzuk bilan maydonga tushdi?

Kecha bo'lib o'tgan "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvi haqida juda ko'p yozildi.

O'yinda "Paxtakor" yarim himoyachisi Dragan CHeran qo'liga uzuk taqqan holda maydonga tushganini quyidagi rasmda ko'rish mumkin. To'g'ri futbolchi uchrashuv boshida uzuk ustiga maxsus lenta o'rab chiqqan, o'yin davomida lenta tushib ketgan.



Xo'sh, futbol qoidalari nima deydi?

04.Futbolchilarning Ekipirovkasi
1.Xavfsizlik
Futbolchi xavf tug'diradigan ekipirovkadan foydalanmasligi yoki xavfli narsa kiymasligi kerak.
Istalgan qimmatbaho (taqinchoq, uzuk, bilaguzuk, zirak, charm yoki rezina lenta va boshqalar) buyumlar taqiqlangan va ular echilishi shart. Ularni yopish uchun lentalardan foydalanish mumkin emas.

Futbolchilarni o'yin boshlangunigacha tekshirib chiqish kerak. Zaxiradan tushayotganlar esa maydonga tushishdan oldin tekshiriladi. Agar futbolchi taqiqlangan/xavfli ekipirovkani yoki qimmatbaho buyumlarni kiysa yoki undan foydalansa, hakam futbolchiga quyidagi ko'rsatmani berishi kerak:
• bu narsani echish
• agar talabni bajara olmasa yoki bajarishni xohlamasa o'yindagi keyingi to'xtalish vaqtida maydonni tark etishi
Talabni bajarishga qarshi chiqqan yoki o'sha narsani qayta kiygan futbolchi ogohlantirilishi kerak.



Hakamlar ko'rmay qolgandir deyishga shoshilmang. Dragan CHeran "Lokomotiv" bilan o'yinda ham, "Andijon" bilan o'yinda ham maydonga uzuk taqqan holda maydonga tushgan. Balki undan oldingi o'yinlarda ham shunday bo'lgandir.




Dragan CHeran ko'p gol urayotgani uchun hakamlar uzuk bilan maydonga tushishiga ruxsat berishganmikin? Yoki boshqa sabab bormikin? Kichkinagina uzuk haqida maqola yozguncha foydali malumotlar beringlar deyishingiz mumkin, bizning maqsadimiz bitta: Qoidalar qog'ozda qolib ketmasin!

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика