So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

"Navbahor" - "Neftchi": Ramazondagi "vodiy derbisi"ning narxi qancha? Yangiliklar

"Navbahor" - "Neftchi": Ramazondagi "vodiy derbisi"ning narxi qancha?

Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston Kubogi guruh bosqich 3-turi doirasida Namanganning "Navbahor" jamoasi o'z maydonida Farg'onaning "Neftchi"sini qabul qiladi.

"Navbahor" bungacha "Qizilqum" va Samarqandning "Dinamo" klublarini mag'lub etdi. "Neftchi" esa safarda "Dinamo"ni engib, o'z uyida "Qizilqum"ga imkoniyatni boy berdi. 

Aslida jamoalarning o'rni, tarkiblar, ularning holatidan qatiy nazar "Vodiy derbisi" hamisha tomoshabinlarga boy bellashuv bo'lib kelgan. Ammo bu safar-chi, bugun ham "Markaziy" stadionida "anshlag" ko'ramizmi? Bunga chipta narxi to'sqinlik qilishi mumkin ekan... 

Malumot uchun Superliga 1-turi doirasidagi "Navbahor" - "Nasaf" o'yini uchun chipta 50 ming so'm, 3-turdagi "Navbahor" - "Qo'qon-1912" uchrashuviga esa - 30 ming qilib belgilangandi. 

Bizdagi malumotlarga qaraganda, "Navbahor" - "Neftchi" o'yini uchun chipta narxi barcha sektorlar uchun bir xil 30 ming so'mdan. Namanganlik muxlislarning ko'pchiligi bu narxga rozi emas. Izohlarda ishqibozlar bugun "Markaziy" stadioni odatdagidek "yonmasligini", tribunalar to'lmasligiga Ramazon oyi emas, aynan chipta narxi qimmatligini ehtimoliy sabab sifatida keltirishgan. Misol sifatida keltiradigan bo'lsak, alam bilan gapirgan muxlislardan biri "Suv va xurmo ham berma mayli, kerakmas. Muxlislarni o'ylab, chiptani narxini arzonroq qilsanglar bo'lardi", desa, yana bir hamyurtimiz "Meni bor umidim televizorimdan" deb izoh qoldirgan.   

Muxlislar ayniqsa klub rahbariyatining bunday qaroridan norozi. Ularning fikricha, 30 ming so'mdan ikki-uch ming muxlis stadionga kelganidan ko'ra, 15 mingga chipta olib, 10 ming ishqiboz kirgani muxlislarga ham, klubga ham yaxshiroq bo'lardi. 

Aftidan klub rahbariyati o'z muxlislariga qattiq ishonadi chog'i. Biroq bugun "Markaziy" odam bilan to'ladimi, degan savol hozircha ochiqligicha qolmoqda. 

P.S.: Biz bu borada biror tomonning yonini olmoqchi emasmiz. "Championat.asia" shunchaki vaziyatga, muxlislar fikriga etibor qaratdi. Iltimos, fikr bildirishda o'zingizni, boshqalarni hurmat qiling va ayniqsa Ramazon oyi ekanligini unutmang. Avvaldan rahmat.        

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика