So’nggi yangiliklar

12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  0 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  5 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  27 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  7 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  2 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчи билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  8 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  4 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  15

"Navbahor" muxlislari uchun yaxshi xabar Yangiliklar

"Navbahor" muxlislari uchun yaxshi xabar

Teglar :  Navbahor
"Navbahor" o'z muxlislari uchun chiptalarni bepul bermoqchi.

Bu haqida klub matbuot xizmati malumot berdi. 

Yurtimizda muborak Ramazon hayiti shukuhi kezib yurgan damlarda “Navbahor” jamoasining ko'p ming sonli muxlislarining fidoyiliklariga hurmat tariqasida, qolaversa, qutlug' ayyom sovg'asi sifatida 6 may kuni bo'lib o'tadigan Coca-Cola Superliga 7-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuviga kirish BEPUL qilib belgilandi.

Bu ham, albatta, futbol muxlislari auditoriyasini kengaytirish, stadionga tomoshabinlarni jalb qilish yo'lida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarning uzviy davomidir.

SHu munosabat bilan, muxlislarga 6 may kungi uchrashuvda Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohiga bepul kirib, stadiondagi CIP sektordan tashqari boshqa barcha sektorlarga joylashishlari mumkinligini malum qilamiz. 

Stadionga tashrif buyuruvchilardan jamoat tartibi va muxlislik madaniyatiga qatiy rioya qilishlari, xususan, huquq-tartibot organlari xodimlari, atrofdagi boshqa tomoshabinlar va futbol uchrashuvi rasmiylariga nisbatan hurmat saqlashlari lozimligini eslatib o'tamiz. 

Ushbu futbol bayramiga bevosita guvoh bo'lishni istagan barcha millionlar o'yini ixlosmandlarini “Markaziy” stadioniga chorlaymiz! Zero, fidoyiligi va jonkuyarligi bo'yicha mamlakatimizda alohida o'ringa ega bo'lgan “Navbahor” muxlislari jamoani odatdagidek, yuqori saviyada qo'llab-quvvatlab, bayramona muhit hosil qilishlariga aslo shubha yo'q. 

Eslatma: “Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvi 6 may kuni soat 18:30 da boshlanadi.

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика