So’nggi yangiliklar

18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  0 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  4 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  22 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  56 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  2 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  24 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  2 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  2 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3

"Navbahor" muxlislari siz bilan faxrlanadi Yangiliklar

"Navbahor" muxlislari siz bilan faxrlanadi

"Navbahor" klubi muxlislari raisi Farhod Umaraliev saytimizga murojaat bilan chiqdi.

Superliganing 23-turida Namanganda "Paxtakor" bilan o'yinning birinchi bo'limi yakunlangach, Namangan viloyati hokimi Xayrulla Hayitboevich Bozorov stadionga chiqib: "Xudo xohlasa bu yil "Navbahor" chempion" deganlarida yuragim jiz etdi, etlarim jimirladi. Bu so'zni u kishining o'zlaridan eshitgach, qalbimda jamoamizga nisbatan bo'lgan ishonch yanada mustahkamlanib, "Navbahor"ga bo'lgan mehrim yanada jo'shib ketdi. Mana shunday rahbarning Namangan xalqiga, jamoamizga bosh bo'lib turishi bu Namanganimizning, "Navbahor"imizning eng katta yutug'i ekanligiga, jamoamizning taqdiri ishonchli qo'llarda ekanligiga bo'lgan ishonchim yanada ortdi. Xayrulla Hayitboevich Bozorovning "Navbahor" chempion" degan so'zlarini eshitgach, oldilariga yugurib borgim, u kishiga rahmat aytib bag'rimga bosgim keldi. Ha azizlar, bu oddiy so'zlar emasdi. O'sha so'zda umid, ishonch, dadillik yaqqol sezilib turardi.

Tan olish lozim, ayni paytda viloyatimiz rahbarining "Navbahor"ga bo'lgan yuksak etibori va marhamati tahsinga loyiq. Aynan u kishining olib borayotgan ishlarida o'zgacha tashabbusni ko'rib kelmoqdamiz. Jamoamizda bu yildan etiboran marketing bo'limining jadal suratda rivojlanib yo'lga qo'yilishida viloyatimiz rahbarining o'rni beqiyos. Davom etayotgan yaxshigina o'zgarishlardan so'ng muxlislarimizning ham ko'ngillari tog'dek ko'tarilib, har bir uchrashuvda sevimli jamoamizni munosib tarzda qo'llab-quvvatlashmoqda.


Ko'chaga chiqar ekanman, qaerda bo'lmayin, qaerga bormayin, aynan o'sha erda viloyatimiz hokimining insonlar bilan muloqotiga, olib borayotgan ezgu ishlariga guvoh bo'lib turaman. Tinib-tinchimas bu inson, haqiqiy mehnatsevar, fidokor rahbar ekani bilan viloyatimiz hamda shaxrimiz aholisini quvontirib kelmoqda. Mana shunday etibor uchun, jamoamizga ko'rsatilayotgan katta yordam uchun cheksiz minnatdorchiligimni ushbu satrlar orqali bildirishni istadim. SHuni alohida takidlab o'tishni istardimki, biz, "Navbahor" muxlislari ham, viloyatimiz hokimiga, jamoamiz rahbariyatiga munosib javob bera olishga va kelasi turda "Bunyodkor" bilan safar o'yinida Toshkentga borib jamoamizni chiroyli tarzda qo'llab-quvvatlashga so'z beramiz. Biz oxirigacha jamoamiz bilan birgalikda boramiz hamda chempionatni sovrinli pog'onada yakunlab, kelasi yilgi OCHL bahslarida jamoamiz "Navbahor"ni ko'rishga umid qilamiz.

So'zim oxirida Xayrulla Hayitboevich Bozorovga olib borayotgan ezgu ishlarida samaradorlik tilab, hamisha "Navbahor" va uning muxlislari baxtiga sog' va salomat bo'lib yurishlarini, jamoamiz bilan birgalikda chempionlikni nishonlab uzoq yillar davomida rahbarlikni davom ettirishlarini tilab qolaman. Yana bir bor hamma-hammasi uchun sizga tashakkur!

Farhod Umaraliev

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика