So’nggi yangiliklar

12:19"Ал Ҳиол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  0 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   1 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  1 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  1 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  0 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  5 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  5 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  4 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  3 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  12 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0

"Navbahor": "Maxtaorol" mag'lub etildi Yangiliklar

"Navbahor": "Maxtaorol" mag'lub etildi

Teglar :  "Maxtaorol"Navbahor
Bundan biroz vaqt oldin jamoamizning navbatdagi nazorat o'yini yakunlandi. “Navbahor”ga bu safar Qozog'istonning “Maxtaorol” klubi bilan bahs olib borishdi.

O'yin davomida ustunlikka erishgan futbolchilarimiz yakunda 3:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishdi. Uchrashuvning birinchi bo'limida Nemanya Yovanovich va Mansur Saidovlar chiroyli kombinaciya tashkil etishgach, serbiyalik hujumchimiz hisobni ochishga erishdi. Bo'lim o'rtalarida Oybek Qilichev qizil kartochka olib maydonni tark etgach, tomonlar kelishuviga ko'ra yarim himoyachi o'rniga Azizbek Turg'unboev maydonga tushdi. Tanaffusga oz vaqt qolganida “Maxtaorol” futbolchilari o'rtadagi muvozanatni tiklashga erishishdi.

Ikkinchi bo'limda futbolchilarimiz gol urish uchun bir qator xavfli hujumlarni tashkil etishdi. Urinishlar o'yin oxirida o'z samarasini berib, zaxiradan maydonga tushgan Ro'zimboy Ahmedov “dubl” qayd etdi. Dastlab Ahmedov Abdulaziz Sultanov oshirib bergan to'pni darvozaga aniq yo'llagan bo'lsa, ikkinchi golini esa penaltidan amalga oshirdi. 11 metrlik jarima zarbasini Azizbek Turg'unboev ishlagandi.

Uchrashuvni "Navbahor" quyidagi tarkibda o'tkazdi: Akmal Ortiqov, Abbos Otaxonov, Jahongir Mehmonov, Tohir SHamsitdinov, Alisher Samatov, Azam Aliev, Dilshod Jabborov, Oybek Qilichev, Mirzohid G'ofurov, Mansur Saidov, Nemanya Yovanovich.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Nodir Ashurmatov, Azizbek Turg'unboev, Ro'zimboy Ahmedov, Hasanboy Ergashev, Timur Tolipov, Abdulaziz Sultanov, Ilhom Boydedaev, Alisher Mirzaev.

Bu safargi o'yinda ham G'iyos Komilov kichik jarohat tufayli maydonga tusha olmagan bo'lsa darvozabon Asilbek Omonovga murabbiylar dam berishga qaror qilishdi. “Navbahor” navbatdagi nazorat o'yinini 9 fevral kuni Jizzaxning “So'g'diyona” klubiga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика