So’nggi yangiliklar

09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  1 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  6 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  3 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  1 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  2 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  5 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  18 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  1 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  1 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  3 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  5

"Navbahor" klubi Andrey Kanchelskis bo'yicha bayonot berdi Yangiliklar

"Navbahor" klubi Andrey Kanchelskis bo'yicha bayonot berdi

Namanganning "Navbahor" klubi matbuot xizmati

Kecha, 1 dekabr kuni Rossiya va mamlakatimizning sportga ixtisoslashgan aksariyat internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqlarida “rossiyalik murabbiy Andrey Kanchelskisga nomalum shaxslar tomonidan tahdid qilingani va mutaxassis ushbu masala yuzasidan policiyaga murojaat etgani” bilan bog'liq malumotlarning tarqalishi yurtimizdagi futbol jamoatchiligi tomonidan turlicha qabul qilindi, hattoki, ayrimlarda noo'rin shubha va yanglish tasavvur paydo bo'lishiga sabab bo'ldi, ayniqsa, “Navbahor” jamoasi muxlislarining ko'pchiligida xavotir uyg'otdi.

SHu munosabat bilan, “Navbahor” professional futbol klubi mazkur holat bo'yicha shuni malum qiladiki, joriy yil avgust oyida FIFA tomonidan “...Andrey Kanchelskisga 1,6 million dollar miqdorida kompensaciya puli to'lab berish...” yuzasidan chiqarilgan qaror bo'yicha “Navbahor” PFK Xalqaro Sport arbitraj sudi (CAS)ga apellyaciya yo'llagan. Mazkur jarayonda qo'shimcha kuch va yordam tariqasida xorijlik huquqshunos-yuristlar, soha mutaxassislari jalb etilgan. SHuni alohida takidlash lozimki, ushbu jarayonda “Navbahor” PFK tomonidan CASga taqdim etilgan dalil-isbotlar sud ishida yutib chiqish imkonini beradi.

Vaziyatdan kelib chiqib fikr yuritadigan bo'lsak, Andrey Kanchelskis shaxsi bilan bog'liq bu kabi malumotlarning Internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilishi rossiyalik mutaxassisning kelgusida CASda o'zini oqlash uchun qilinayotgan, o'z navbatida, “Navbahor” PFKga qarshi foydalanish uchun o'ylab topilgan uydirma va bo'htonlar bo'lishi mumkinligini ham inobatga olish darkor.

Vaholanki, “Navbahor” PFK va klub manfaatlarini himoya qilayotgan yuristlar ushbu hodisadan ancha oldin xabardor edilar. CHunki, Andrey Kanchelskisning yuristlari hodisa bo'yicha “Navbahor” PFK yuristlari bilan bog'lanishganda, “Navbahor” PFK bu hodisadan xabari yo'qligini, lekin holat yuzasidan har qanday yordam berishga tayyorligini malum qilgandi.

Hurmatli futbol muxlislari!

Sir emaski, “Navbahor” PFK yangi – 2022 yilgi mavsumga katta maqsadlar bilan tayyorgarlik ko'rmoqda. Klub rahbariyati rahnamoligida jamoa raqobatbardoshligini yanada oshirish, “Navbahor” brendini rivojlantirib, uni jahon talablari darajasiga ko'tarish maqsadida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bir so'z bilan aytganda, “Navbahor” PFK ezgu maqsadlari yo'lida dadil odimlayotgan pallada Internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabar-malumotlarning hammasini ham klub nomi bilan bog'lash “Navbahor” PFKning mamlakatimiz va xorij futbol jamoatchiligi oldidagi obro'si va imidjiga jiddiy ziyon keltirishi mumkinligini etiborga olish kerak.

SHuni unutmaslik kerakki, klubimiz “Navbahor” PFKga aloqador har qanday voqea-hodisaga yuridik jihatdan to'g'ri yondashishga, mavjud masalalarni qonuniy tomonlama hal etishga harakat qilib keladi, bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi", - deb yozadi "Navbahor" matbuot xizmati.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика