"Navbahor" jarimaga tortildi
21 sen 2022 12:59
Yangiliklar
"Navbahor" jarimaga tortildi
"Birinchi ligadagi ishtiroki orqali Pro liga yo'llanmasi uchun harakat qilayotgan "Navbahor-farm" 19-tur doirasida o'tkazilgan "Do'stlik Oltiariq" klubiga qarshi uchrashuv uchun shifokor olib kelmagan va o'z-o'zidan qaydnomadan shifokor o'rin olmagan. Bu esa Reglamentning 15.9-bandiga zid hatti-harakat hisoblanadi.
Bunday holat "Navbahor-farm" bilan ikki marta kuzatildi. Birinchi bor jamoa birinchilikning 13-turidan joy olgan "Aral"ga qarshi o'yinga ham shifokorsiz kelib, jarimaga tortilgandi. Holat takrorlangani uchun klub avvalgisidan ikki marta ko'proq jarima to'laydigan bo'ldi.
Bungacha mazkur band bo'yicha "Surxon", "Dinamo", "Qizilqum", "So'g'diyona", "Nasaf", "Neftchi", "Aral Samali", "Yangier", "Zomin" klublari ham bir martadan jarimaga tortilgan", – deyiladi O'zPFL xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar