So’nggi yangiliklar

21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00ЕЧЛ. "Қайрат" - "Реал" баҳси асосий таркиблари маълум!  9 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  33 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  13 20:25"Ал Аҳли" устози: "Ультрас" бизга ҳеч қандай босим ўтказмайди. Бундай мухлислар кўз ўнгида футбол ўйнаш ёқимли"  9 19:48Гвардиола "Манчестер Сити" футболчисининг "Реал"га ўтишига тўсқинлик қилган  4 19:20ЎФА нега жим?  10 18:58Максим Шацких: "Ҳужумда қулай имкониятларимиз бўлишига ишончим комил"  9 18:36Фабрицио Романо: Ўзбекистон Фабио Каннаваро билан боғланди  19 18:23Деку "Барселона"нинг Нико Уильямсга бўлган қизиқишини рад этди  3 17:55Ҳиндистон клуби ОЧЛ 2 мусобақасидан четлаштирилди  2 17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  1 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  2 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  5 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1

"Navbahor": Ikki nazorat o'yinida ham mag'lubiyat Yangiliklar

"Navbahor": Ikki nazorat o'yinida ham mag'lubiyat

Teglar :  NavbahorMetallurg
Yangi mavsumga Toshkentda tayyorgarlik olib borayotgan "Navbahor" jamoasi bugun Bekobodning "Metallurg" klubi bilan ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

Har ikki bellashuvda ham Rashid G'ofurov shogirdlari raqibga imkoniyatni boy berishdi. Takidlash lozimki, tarkibda bugun jamoamizga ko'rikdan o'tish uchun kelgan ayrim yangi futbolchilar ham maydonga tushishdi. Abdurauf G'ulomov, Umid Akmalov, Aziz Ibragimjanov, Nodir Mavlonov (19 yosh, o'tgan mavsum "Bunyodkor"da o'ynagan), Alisher Ahmedov (28 yosh, "Nyu-Radiant", Maldiv), Sardor Azimov (20 yosh, "Bunyodkor") va SHuxrat Yo'ldoshev (33 yosh, "Metallurg") shular jumlasidandir. CHarchoq alomatlarini bartaraf etish maqsadida "Navbahor" ertaga tiklanish jarayonini o'tkazadi. Dushanbadan boshlab mashg'ulotlar yana ikki maxaldan o'tkazib boriladi.

Birinchi o'yinda bekobodliklar 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Birinchi bo'limda hisobni "Metallurg" o'yinchilar ochishga muvaffaq bo'lishdi. Raqib goliga hujumchimiz Mo'ydin Mamazulumov javob qaytardi, 1:1. Birinchi bo'lim shu hisobda yakuniga etdi. Ikkinchi bo'limda "Navbahor" darvozasiga belgilangan penaltidan raqib ikkinchi golni nishonladi. Uchrashuv yakunlangunga qadar bekobodliklar yana ikki bor jamoamiz darvozasini ishg'ol etishdi. "Navbahor"ning birinchi o'yindagi tarkibi quyidagicha: A. Ortikov, X. Karimov, T. SHamsitdinov, A. Baxriddinv, D. Jabborov, A. Turg'unboev, B. To'raboev, A. Mahmudov, O. Valijonov, M. Mamazulumov, O. Pishur. Zaxiradan maydonga tushganlar: Nodir Mavlonov, Alisher Ahmedov, Sardor Azimov.

Ikkinchi o'yinda ham "lochinlar" "Metallurg"ga yirik hisobida imkoniyatni boy berishdi. "Navbahor" bu bellashuvni quyidagi tarkibda o'tkazdi: A. Turobov, Q. Muhammadjonov, Umarov, O. Jo'raboev, SH. Yo'ldoshev, A. Aliev, A. Rashidxonov, R. Aslanov, S. Asqaraliev, T. Ayupov, SH. Abbosov. Zaxiradan maydonga tushganlar: Aziz Ibragimjanov, Umid Akmalov, Sardor Azimov, Nodir Mavlonov, Abdurauf G'ulomov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика