So’nggi yangiliklar

17:30"Андижон" - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 17:15Про лига. "Олимпик" - "Локомотив" (онлайн натижа)  0 16:55"Қизилқум" — Акмал Рустамовга сербиялик мураббий натижасини такрорлаш учун 7 та ўйин кифоя қилди  0 16:35Про лига 12-турида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 16:25Суперкубок. ПСЖ - "Тоттенхэм" ўйини олдидан превью  1 16:10"Майдон атрофидаги муҳит ўйиндан ҳам қайноқроқ эди. Лушчанга тан бериш керак" — Санжар Асқаралиев водий дербиси ҳақида гапирди  2 15:50АПЛ 1-тур ўйинлари бир дақиқалик сукут билан бошланади  0 15:30"Хоразм" тарихий натижа остонасида  0 15:15"Қалдирғочлар"нинг меҳмондаги парвози давом этадими?  0 14:45⚡️Bild: Йоахим Лёв Ўзбекистон терма жамоаси таклифини рад этди  37 14:21Элит ОЧЛ. "Ал Дуҳайл" ва "Ченгду Ронгченг" плей-оффда ғалаба қозонишди  1 14:15"Қўқон-1912" 8 йилдан сўнг Ғузордан 3 очко билан қайтди  0 13:49"Қўқон-1912"нинг 9 ўйинлик мағлубиятли серияси якунланган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45"Сурхон" май ойидан буён Термизда гол ура олмаяпти  1 13:24Луис Энрике: "Тоттенхэм" бир ойдан буён тайёрланмоқда, биз эса бир ҳафта шуғулландик холос"  0

"Navbahor": Dastlabki o'yinda yirik g'alaba Yangiliklar

"Navbahor": Dastlabki o'yinda yirik g'alaba

Rejaga ko'ra jamoamiz bugun mavsumlar oralig'idagi dastlabki nazorat o'yinini o'tkazdi.
Birinchi uchrashuvda futbolchilarimizga “Kosonsoy” jamoasi raqiblik qildi. Namangan shahridagi “Dinamo” o'yingohida bo'lib o'tgan uchrashuvda 4:1 hisobida “Navbahor” g'alaba qozondi. Tomonlarning kelishuviga ko'ra har bir bo'lim 60 daqiqadan iborat bo'ldi. O'yinning birinchi bo'limida “Kosonsoy” futbolchisi Murod Rahmonov jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Bo'lim oxirlarida SHahboz Erkinov o'rtadagi muvozanatni tikladi. Tanaffusdan keyin murabbiylarimiz tarkibni to'liq yangilashdi. Natijada kosonsoyliklar darvozasi yana uch bor ishg'ol qilindi. Avvaliga mavsumlar oralig'ida jamoamizga taklif etilgan Mo'ydin Mamazulunov gol muallifiga aylandi. Uchinchi va to'rtinchi gollarga tegishlicha Aziz Turg'unboev hamda Azim Ahmedovlar mualliflik qilishdi. O'yinda Otabek Valijonov va Tohir SHamsiddinovlar betobliklari tufayli ishtirok eta olishmadi. 
“Navbahor” – “Kosonsoy” – 4:1 (1:1). 9 yanvar. Namangan. “Dinamo” o'yingohi.
Hakamlar: A.Rajabbaev, R.Fozilov, R.Jabbarov. 
“Navbahor” (birinchi bo'lim): Xurshid Xo'jaev (Doniyor Usmonov), Rahmatillo Berdimurodov, Bobir Akbarov, Omon-Biik Halilov, Alisher Samatov, Dilshod Jabborov, Alisher Mahmudov, G'ayrat Jo'raev, Ilhom Boydedaev, Sardor Telyakov, SHahboz Erkinov.
“Navbahor” (ikkinchi bo'lim): Doniyor Usmonov (Doston To'xtaboev), Botir To'raboev, Qahramon Mahammadjonov, Hojiakbar Yunusov, Azam Aliev, Ibrohim Ismoilov (Sardor Telyakov), Robbim Hasanov, Azim Ahmedov, Islom Ismailov, Aziz Turg'unboev, Mo'ydin Mamazulunov.
Gollar: SH.Erkinov, M.Mamazulunov, A.Turg'unboev, A.Ahmedov. 
Tarkib borasidagi yangiliklar xususida gap ketganida, Islom Ismoilovni safga qo'shilganligini aytib o'tish joiz. SHu paytgacha o'tkazilgan mashg'ulotlarda ishtirok etgan malum sababga ko'ra Muhammad Rasulov yig'inda qatnashmayapti. Jamoamizda ko'rikdan o'tayotgan Sardor Sotvoldiev nazorat o'yinida “Kosonsoy” safida harakat qildi. “Kosonsoy”dan taklif etilgan futbolchini murabbiylar raqib tarkibida sinovdan o'tkazishdi. Jamoamiz navbatdagi nazorat uchrashuvini 14 yanvar kuni bir necha yillik tanaffusdan keyin yana oliy ligaga qaytgan “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi safarda o'tkazadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика