So’nggi yangiliklar

13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  9 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  3 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  7 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  3 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  13 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  2 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  8 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  2 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  6 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  26 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  8 06:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 2:1   0 06:40Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Маъруфалиев: "Бухоро"да янги мураббий таъсири кўринди, Фарғонада тенг ўйин бўлди. Лекин..."   7 02:01А Серия. "Ювентус" "Верона"ни мағлуб этолмади, "Милан" эса йирик ҳисобда ғалаба қозонди   13

"Navbahor" bosh murabbiyi No'mon Hasanov "Mashal"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin nima dedi? Yangiliklar

"Navbahor" bosh murabbiyi No'mon Hasanov "Mashal"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin nima dedi?

Superliga 24-turdan o'rin olgan "Mashal" - "Navbahor" (3:0) uchrashuvida so'ng mehmonlar bosh murabbiyi No'mon Hasanov fikrlarini bildirib o'tdi.





"Avvalo "Mashal" jamoasini haqli g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi goldan so'ng ko'p narsa o'zgarib ketdi. Birinchi bo'limda o'yinimiz yomon chiqmadi. Futbolchilar yaxshi maydonda o'ynashga o'rganib qolishibdi. Paslar bilan kombinacion futbol ko'rsatishimizga qaysidir manoda maydon sababchi bo'ldi. Noqulay ob-havo sabab mashg'ulotlarni zalda olib bordik. Mana shu omillar o'yinimizni qovushmaganiga tasir ko'rsata oldi",- deydi No'mon Hasanov.

- Birinchi davrada markazlashgan chempionatda o'tgan uchrashuvda "Navbahor" 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan edi, bugun esa yirik hisob qayd etildi. "Mashal" "Navbahor" uchun noqulay raqibga aylanib ulgurdimi?

- Birinchi davradagi o'yinda men yo'q edim, tribunada o'tirgandim. Ko'rayotgan bo'lsangiz bizda o'yinimiz o'zgardi. Uchta o'yinda g'alaba qozondik. Ko'proq paslar bilan o'ynay boshladik. Balki siz aytganingiz to'g'ridir. "Mashal" biz uchun noqulay raqib. O'yinimiz o'xshamadi, sifatli maydonda boshqacha harakat qilishimiz mumkin edi.

- Uchta golda kimning xatosi ko'proq bo'ldi himoyachilarnimi yoki darvozabonni?

- Birinchi golda darvozabonning xatosi ko'proq bo'ldi. CHunki biz pas bilan birinchi zonadan ikkinchi zonaga o'tamiz. To'pni tepaverib o'zimizga o'zimiz gol olib keldik. Umuman hamma xato qildi. Yigitlarda shasht va shijoat ko'rinmadi. Bu o'yinga tayyorgarlikdan o'zimni ham ko'nglim to'lmadi. Fitnes zalida mashg'ulotlarni o'tkazdik.

- Superligada qaysi klublarning maydonini "Mashal"nikidan ham yomon deya olasiz?

- Avvallari ham bu erda maydon holati yaxshi bo'lgan. Sovuqdanmi yoki qor sababmi maydonda to'p yurmadi. Hozirgi vaqtda "Navbahor" maydoni eng yaxshisi deya olaman. Qishki mavsumda chempionat o'yinlari bo'lmas edi. Mavsum vaqtliroq yakunlanardi.

- Andrey Kanchelskis davridagi qaysi g'oyalarni yo'qotish qiyin bo'lmoqda?

- Andrey Kanchelskis boshqaruvida jamoa uzun to'plar bilan o'ynardi. Asosan yigitlarni ruhiyatini ko'tarishga harakat qilyapmiz. Hamma murabbiy har xil, uslubi, falsafasi turlicha.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика