So’nggi yangiliklar

17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0 17:00“Трастбанк” ходимлари ўртасида “Спартакиада – 2025” спорт мусобақалари ўтказилди  0 16:44Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"да йўқотишлар мавжуд  0 16:34Про лига. "Олимпик" – "Олимпик-MobiUz". Таркиблар маълум  0 16:18"Футбол олами". "Пахтакор" "Андижон"ни тор-мор этди, "Нефтчи"да йирик ҳисобдаги ғалаба, "Навбаҳор"да жанговар дуранг  0 16:08Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  5 15:50Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади  53 15:30"Реал" "Олтин тўп"га даъвогар футболчини сотиб олиши мумкин  2 15:05Бекзод Маматқулов: "2026 йилдан барча футзал клублари алоҳида юридик ташкилотга айланади. Энди футбол клубларига оғирлиги тушмайди. Роналдиньо билан келишиб олгандик, лекин..."   2 14:36"Ливерпуль" билан ўйин олдидан "Арсенал" мухлислари учун нохуш хабар  4 14:16Ўзбекистон Кубогида қайси жамоа ғолиб чиқади? Сунъий интеллект жавоб берди  12 13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  12 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  3 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  12

Navas Kosta-Rikaga chorak final "chipta"sini yutib berdi Yangiliklar

Navas Kosta-Rikaga chorak final "chipta"sini yutib berdi

Jahon chempionatining har bir o'yini shiddat va qiziqarligi borasida bir-biridan qolishmayapti.

Bu safargi nimchorak finali o'yinida mundialda katta shov-shuv ko'targan Kosta-Rika o'zining eng yaxshi o'yini ko'rsatmasdan turib pley-offga chiqqan Greciya jamoalari o'rtasidagi bahsning guvohiga aylandik.


Uchrashuv haqida to'xtaladigan bo'lsak, o'yinni greklar ancha faollik bilan boshlashdi. Kutilmaganda Greciya terma jamoasi himoyaviy o'yinni emas, balki hujumkor uslubni tanlashdi. Kosta-Rika esa asosan qarshi hujumlarda harakat qildi.  Ammo birinchi bo'limda Kosta-Rika uyushtirgan hujumlar xavfliroq ko'rinish oldi. Greciyaning ko'plab hujumlari besamar yakunlandi.

Ikkinchi bo'limni ham greklar faollik bilan boshlashdi. Lekin to'p kiritish Kosta-Rika jamoasiga nasib etdi. Jamoa sardori Brayan Ruiz jarima maydonchasi oldidan Greciya darvozaboni Karnezisni dog'da qoldirdi va hisobni ochdi, 1:0.

O'tkazib yuborilgan goldan so'ng Greciya yanada hujumkorlikni oshirdi. Tarkibda ham bir qator o'zgartirishlar kiritildi. Gekas hamda Mitroglu singari hujumchilar maydonga tushirildi. Ushbu o'zgarishlardan keyin Greciya yanada ko'proq hujumlar tashkil etdi. Ammo Kosta-Rika posboni Navas shu kuni bir qancha vaziyatda jamoasi joniga oro kirdi. 


Kosta-Rikada ham qarshi hujumlarda imkoniyatlar yuzaga keldi, lekin shu kuni Kempbell bir qator vaziyatlarni ko'kka sovurdi.

Uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida greklarning o'ng qanotdan tashkil etgan hujumi gol bilan yakunlandi. Samarasning tepgan zarbasini Navas qaytarishga erishdi, lekin qaytgan to'pga birinchi bo'lib zarba bergan Sokratis Papastatopulos uchrashuvdagi muvozanatni tikladi, 1:1.

Qo'shimcha taymlarda greklar katta ustunlik bilan harakat qilishdi. Lekin bir necha vaziyatlarda ularga omad etishmadi va Kosta-Rika posboni Navas juda ishonchli harakat qildi.

Qo'shimcha bo'limlarda ham g'olib nomi aniqlanmagandan so'ng, navbat penaltilar seriyasiga etib keldi. "Lotoreya"da bahsida omad Kosta-Rika jamoasiga kulib boqdi va ular chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.



Endi Kosta-Rika jamoasi chorak finalda Gollandiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.


JCH-2014, 1/8 final bosqichi.

Kosta Rika - Greciya 1:1 (pen. 5:3)
30 iyun. 01:00
Bosh hakam
: Benjamin Uilyams (Avstraliya).
Yordamchi hakamlar
: Metyu Krim (Avstraliya), Xoqon Anaz (Avstraliya).
Zaxira hakami
: Navaf SHukralla (Bahrayn).

Gollar
: Ruiz (52), Papastatopulos (90).

Kosta-Rika
: Navas, Gamboa (Akosta, 77), Duarte, Gonsales, Umanya, Dias, Borjes, Texeda (Kubero, 66), Ruis, Bolanos (Brenes, 84), Kempbell.

Greciya
: Karnezis, Torosidis, Manolas, Xolebas, Samaris (Mitroglu, 58), Papastatopulos, Karagunis, Maniatis (Katsunaris, 78), Salpingidis (Gekas, 69), Samaras, Xristodulopulos.

Ogohlantirish
: Samaris (36), Duarte (43), Texeda (49), Granados (56), Ruiz (70), Manolas (73), Navas (89).

CHetlatish
: Duarte (68). 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика