"Nasaf"ning OCHLdagi raqibida nima gap?
23 jan 2022 11:24
Yangiliklar
"Nasaf"ning OCHLdagi raqibida nima gap?
BAA poytaxti Abu Dabida "Nasaf" "Baniyas" mehmoni bo'ladi. Raqib haqida biroz malumot beradigan bo'lsak, "Baniyas" ayni payt BAA chempionati turnir jadvalida 6-o'rinda boryapti. Jamoa 13 o'yinda 18 ochko to'plagan. P.S. BAA chempionatida 14ta klub qatnashadi.
Qizig'i shundaki, "Baniyas" oxirgi 3ta uchrashuvda g'alaba qozondi. Bu jamoa chempionat doirasida "SHabab Al Ahli" bilan "Kalba"ni, shuningdek Kubokda yana "Kalba"ni mag'lub etdi.
"Baniyas" bosh murabbiyi - ruminiyalik Daniel Isaila (1972 yil tug'ilgan). Tarkibda legionerlar bor: Joao Viktor (21 yosh, Braziliya), Sasha Ivkovich (28 yosh, Serbiya), Gaston Alvares (28 yosh, Argentina), Nikola Ximenes (26 yosh, Arentina), Isaak Telin (29 yosh, SHveciya), Saile da Silva (21 yosh, Braziliya) va Said Xamis (21 yosh, Tanzaniya).
Mahalliy o'yinchilardan eng mashhuri Amir Abdulrahmon.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar