So’nggi yangiliklar

11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  18 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  16 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  22 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7

"Nasaf" rasmiy sayti Slavko Lukich kelganini tasdiqladi Yangiliklar

"Nasaf" rasmiy sayti Slavko Lukich kelganini tasdiqladi

Teglar :  Slavko LukichNasaf
“Nasaf” o'z tarkibiga yana bir serbiyalik futbolchini qo'shib olganini rasman elon qildi.

Endi "Nasaf" tarkibida uch evropalik va bitta osiyolik legioner futbolchilar to'p tepishadi. Slavko Lukich ayni paytda Turkiyada "Nasaf" mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Legioner futbolchi bilan kelishuv, kuni kecha rasmiylashtirildi.

Slavko Lukich, 30 yanvar kuni “Markaziy” stadionda bo'ladigan, “Al Faysaliy”ga qarshi uchrashuvda “Nasaf” tarkibida maydonga tushishi mumkin. Futbolchini OCHL pley-off uchrashuviga ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.


Quyida futbolchi haqidagi umumiy malumotlar bilan tanishing.

Ismi sharifi: Slavko Lukich
Tug'ilgan sanasi: 14.03.1989 (28 yosh)
Belgrad shahrining “Crvena Zvezda” klubi tarbiyalanuvchisi
Bo'yi: 182 sm
Og'irligi: 80 kg
Ampluasi: o'ng qanot himoyachisi
Fuqaroligi: Serbiya
Klubi: “Spartak”  (Trnava, Serbiya)

O'ynagan klublari:
2007 – 2008 yillar “Morava Velika Plana” FK
2009 - 2012 yillar  “Smederevo” FK
2012 - 2013 yillar  “Novi Pazar” FK
2013 - 2014 yillar  “Smederevo” FK
2014 - 2015 yillar  “Suteshka Nikshich” FK
2015 - 2016 yillar  “Teuta Durres” FK
2016 - 2017 yillar  “Flamurtari Vloryo” FK
2017 yildan “Spartak” FK (Trvana, Serbiya)

Slavko Lukich o'z vaqtida Serbiyaning U-16 va U-19 terma jamoalari tarkibida 21 marta maydonga tushgan.

Futbolchi “Nasaf” klubiga kelguncha Serbiyaning eng yuqori ligasi - Fortuna Ligasi ishtirokchisi  “Spartak” klubida to'p tepayotgan edi. “Spartak”  bu liganing etakchi klubi hisoblanadi va ayni paytda ham turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda. Ligada 12ta jamoa ishtirok etadi.

"Nasaf" jamoasi safiga yana yangi futbolchilar qo'shilishi mumkin. Transfer ishlari davom etmoqda.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика