So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  1 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  10 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  6 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  21 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

“Nasaf” – “Qo'qon-1912” uchrashuviga oid malumotlar Yangiliklar

“Nasaf” – “Qo'qon-1912” uchrashuviga oid malumotlar

Teglar :  Qo'qon-1912Nasaf
Bugun “Qo'qon-1912” O'zbekiston Kubogi chorak finalining dastlabki uchrashuvida “Nasaf” ga qarshi mehmonda o'ynaydi.

Mazkur uchrashuvga doir qiziqarli malumotlar bilan tanishing.

CHorak finalga qadar bosib o'tilgan yo'l


“Qo'qon-1912” jamoasi kubokdagi ishtirokini 1/16 finalda boshlagan. SHu bosqichda vakillarimiz mehmonda Termizning “Surxon” jamoasini 2:0 hisobida dog'da qoldirishdi. Nimchorak finalda esa ikki o'yin natijasiga ko'ra, “Metallurg”dan ustun keldik. Qo'qonda bahsda 2:0 hisobi qayd etilgan bo'lsa, Bekobodda mezbonlar 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi.

“Nasaf” bu yilgi kubok bahslarining nimchorak finalida “Paxtakor”ni umumiy 4:0 hisobida mag'lub etib, chorak finalga etib keldi.

Kubok bahslaridagi uchinchi to'qnashuv

Ushbu jamoa kubok doirasidagi ikki marta ro'baro' kelishgan.

2001/2002 yilgi O'zbekiston Kubogi bahslarining aynan chorak finalida mazkur jamoalar tuqnash kelishgan. Dastlab Qo'qonda bo'lib o'tgan uchrashuvda maydon egalari kichik 1:0 hisobida usutun kelishgan. Qarshida bo'lib o'tgan javob uchrashuvida esa “Nasaf” 5:1 hisobida g'alaba qozongan va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgan.
Oradan 15 yil o'tib, mazkur jamoalar yana kubokning chorak finalida kuch sinashishadi.

Uchrashuv hakamlari
Ushbu uchrashuvni buxorolik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bahsda Ilgiz Tantashev bosh hakamlik qiladi. Unga qanotlarda Xusniddin SHodmonov va Abdurahmon Qo'ldoshevlar yordam berishadi. Zaxira hakami sifatida Elyor Tursunov ishlaydi. Uchrashuvda hakamlar ishini Aleksandr Popov nazorat qiladi, Toshkent shahridan.

O'zbekiston Kubogi
CHorak final
Dastlabki uchrashuvi
“Nasaf” (Qarshi) – “Qo'qon-1912” (Qo'qon)
Bosh hakam:
Ilgiz Tantashev (Buxoro)
Qanot hakamlari: Xusniddin SHodmonov, Abdurahmon Qo'ldoshev (Buxoro)
Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent)

Boshlanish vaqtlari
Bugun futbol ishqibozlarini “Markaziy” stadionda ajoyib tadbirlar va qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. SHu kuni “Nasaf” bu yilgi chempionatda ilk marta o'z maydonida va muxlislari qarshisida to'p tepadi.

“Markaziy” stadionning ochilish marosimiga bag'ishlangan koncert va rasmiy tadbirlar soat 18:00dan boshlanadi. Futbol uchrashuvi esa 19:30da boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика