So’nggi yangiliklar

13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  1 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  0 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  28 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  3 11:58"Реал", "Атлетико" ва МЮнинг собиқ 28 ёшли футболчиси "Интер Майами"га ўтиши мумкин  2 11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  5 10:58Мареска "Ливерпуль"нинг ҳозирги даражасини баҳолади  2 10:35Андро Гиоргадзе: "Суперлигада қолиш учун курашишимиз керак"  0 10:12"Қўқон-1912" 7 йиллик танаффусдан сўнг Олмалиқдан ғалаба билан қайтган учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 10:02ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Мен бу циркнинг бир қисми бўлишни истамадим"  57 09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  21 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  43 08:30Клейди Даци: "Биз учун энг муҳим нарса - кўпроқ очко тўплаш"  0 08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  2 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  9

"Nasaf": Qadrli insonlarimiz ezozlandi Yangiliklar

"Nasaf": Qadrli insonlarimiz ezozlandi

Teglar :  Nasaf
Bugun yurtimizda xotira va qadrlash kuni nishonlanmoqda.


Ikkinchi jahon urushida o'zining navqiron yoshligini jangohlarda, urush olovlarida o'tkazgan bobolarimizning, u erlarda jonini fido qilgan qahramonlarimizning xotirasini hurmat qilish – biz avlodlarning burchimizdir.

SHuningdek urush ortida kechani kecha demay, kunduzni kunduz demay, och-nahor tinmasdan mehnat qilgan bobolarimiz va momolarimizning jasorati va qahramonligi doimo xotirimizda. Hozirgi paytda mustaqil Vatanimizda qarilik gashtini so'rayotgan bunday hurmatli insonlarni qadrlash esa, insoniylik burchimizdir.

9-may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Nasaf” PFK rahbariyati tashabbusiga ko'ra, shunday insonlarni yo'qlash, ularga hurmat bajo keltirish, qadrlash ananaga aylanib qolgan.

Bugun “Nasaf” PFK vakillari va bir guruh futbolchilar, Qarshi shahrida istiqomat qilayotgan va ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadoniga tashrif buyurishib, ularga chuqur hurmat bajo keltiriishdi.

SHunday qadrli insonlarimizdan biri - Rashid bobo Umarovdir. U kishi ikkinchi jahon urushini Pragada nihoyalab, o'z ona yurtiga qaytib kelganlar. Hozirgi paytda mustaqil yurtimizda qarilik gashtini surmoqdalar. Vakillarimiz u kishiga chuqur hurmat bajo keltirishdi va sovg'a-salomlar topshirishdi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика