So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

"Nasaf" o'rtoqlik o'yinida g'alaba qozondi, jamoaga Abramov kelgan Yangiliklar

"Nasaf" o'rtoqlik o'yinida g'alaba qozondi, jamoaga Abramov kelgan

Toshkent viloyatining Qibray shahrida bugun Superliganing ikki klubi o'zaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Qarshining "Nasaf" hamda Bekobodning "Metallurg" jamoalari o'rtasida kechgan o'rtoqlik o'yinida birgina gol bahs taqdirini hal etdi. Uchrashuvning 2-daqiqasida "Nasaf"ning markaziy nuqtadagi universal futbolchisi sanalgan G'olib G'aybullaevning goli "ajdarlar"ga g'alaba keltirdi.

SHuni qayd etish kerakki, "Nasaf" safida ushbu bahsda bir qator yoshlar va ko'rikdan o'tayotgan yangi legioner futbolchi maydonga tushgan. "Nasaf"ga o'z xizmatlarini taklif etgan rossiyalik hujumchi Nikolay Abramov zaxiradan maydonga tushdi. Hozircha ushbu futbolchi jamoada ko'rikda bo'lib turibdi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga ketgan Umid Ergashev, Aziz G'aniev, Odil Hamrobekov, Islom Kenjaboev va Bobir Abdixoliqov esa yaqin kunlarda jamoa lageriga kelib qo'shilishadi.

"Nasaf" ertaga Toshkentda normativ testlarni topshiradi.

"Nasaf"ning sparring raqibi bo'lgan "Metallurg" jamoasida safida ham bir qator o'zgarishlar ruy bergan. Xususan jamoa tarkibi "Paxtakor"dan kelgan Stanislav Andreev, "Neftchi"da mavsumni boshlagan Avaz Agaliev, "Qo'qon-1912"da o'ynagan Bahodir Pardaev va AGMKda to'p tepgan Otabek Zokirovlar bilan boyitilgan.


O'rtoqlik uchrashuvi.

"Metallurg" - "Nasaf" 0:1

Gol
: G'olib G'aybullaev (2)

"Nasaf"
: Sanjar Quvvatov (Mashhurjon Muhammadjonov, 80), Saydullo Rahmatov, Maqsud Karimov, G'olib G'aybullaev, Dilshod Saitov, Umar Eshmurodov, Akmal Mozgovoy, SHarof Muhitdinov, Bobir Davlatov (Xudoyorxon Sadullaev, 77), Islom Rashidxonov (Sardor Sadullaev, 84), SHerzod Temirov (Nikolay Abramov, 62).

Reyting: -132   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика