So’nggi yangiliklar

03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  27 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5

"Nasaf" OFK kubogida guruhdan chiqa oladi". "CHig'atoy"da tahsil olgan, Azarga qarshi o'ynagan "Istiqlol" murabbiyi bilan intervyu Yangiliklar

"Nasaf" OFK kubogida guruhdan chiqa oladi". "CHig'atoy"da tahsil olgan, Azarga qarshi o'ynagan "Istiqlol" murabbiyi bilan intervyu

Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi OCHL joriy yilgi mavsumida o'zining natijalari bilan futbol jamoatchiligining etiborini o'ziga jalb qildi.

Musobaqadan oldin guruh autsayderi sifatida qaralgan qo'shnilarimiz dastlab AGMK, so'ng "Al Hilol" va amirliklarning "SHabab Al Ahli" jamoalaridan g'alabani tortib olishni uddasidan chiqdi. BAA klubi ustidan qozonilgan g'alaba amalda dushanbeliklarga keyingi bosqich yo'llanmasini taqdim qildi. Garchi jamoa so'nggi turda mag'lub bo'lgan bo'lsada amalda guruhdan chiqish masalasini hal qildi. Biz bu borada jamoada darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan, o'z vaqtida yurtimizdagi "CHig'atoy" akademiyasida tahsil olgan Farruh Berdievni suhbatga chorladik. Esingizda bo'lsa ushbu mutaxassis uch yil oldin ham saytimizga intervyu bergan edi. SHundan so'ng Farruh Berdiev bilan aloqalarimiz saqlanib qolindi. Quyida murabbiy bilan tashkil qilingan intervyuni etiboringizga havola qilamiz. 

- "Istiqlol" jamoasini Tojikistonda qanday kutib olishdi?

- Avvalambor assalomu alaykum. Barcha O'zbekiston xalqini ramazon oyi bilan tabriklayman. Musobaqadagi debyut ishtirokimiz yaxshi chiqdi. Qura natijalariga ko'ra biz o'lim guruhiga tushgandik. Vazifamiz guruhdan chiqish edi. Buni uddalaganimizdan xursandman. "SHabab Al Ahli" bilan durang o'ynadik, AGMKni mag'lub etdik. "Al Hilol"ga birinchi o'yinda 1:3 hisobida yutqazganimizdan so'ng xatolarimizni ko'rib, tahlil qilib chiqdik. Natijada javob uchrashuvida 4:1 hisobida yutuqni o'zimizniki qildik. Bundan barcha hayratga tushgani tabiiy. Mazkur natijadan nafaqat tojikistonlik muxlislarni, balki qo'shni mamlakat ishqibozlarini ham xursand qildik. Barcha biz tomon iliq fikrlarni yo'lladi. Saudiya Arabistonida "Al Hilol"ni 4:1 hisobida yutish har kimga ham nasib qilavermaydi. Tojikistonda bizni juda yaxshi kutib olishdi. Federaciya rahbarlari, muxlislar ko'tarinki ruhda qarshi olishdi.

- Bunday yuqori darajadagi musobaqaga darvozabonlarni tayyorlash qiyin bo'lmadimi? Bosim, hayajon bo'lishi mumkin...

- Oson narsaning o'zi yo'q. OCHLga tayyorgarlikni yanvar oyida boshlaganmiz. Jamoadagi darvozabonlar qanday musobaqada ishtirok etayotganini yaxshi bilardi. Bunday nufuzli turnir o'zlarini ko'rsatishi uchun ham ajoyib imkoniyat hisoblanardi. Rustam Yatimov darvozamizni munosib tarzda qo'riqladi. Bundan tashqari Muhriddin Hasanov, Safarmad G'afforovlar ham shay holatda turgandi. CHunki har qanday vaziyat yuz berishi mumkin. Rustamga birinchi o'yindan oldin u kuchli darvozabon ekanligini, o'zini ko'rsatishini va erkin his qilishini takidladim. Boisi u Tojikiston terma jamoasi azosi ham hisoblanadi.

- "Istiqlol"ning OCHLdagi ishtiroki mamlakatda futbolga bo'lgan etiborning mevasi desak bo'ladimi? CHunki jamoaga katta mablag' sarflanyapti, terma jamoa o'zagi ham shu klub azolaridan tashkil topgan. 2002-2003-2004 yillarda O'zbekistonda "Paxtakor"da shunday holat kuzatilgandi...

- Oxirgi yillarda Tojikistonda futbolga etibor oshganligi sir emas. "Istiqlol" ham qitada o'z o'rniga ega bo'lib boryapti. Jamoa oldiga har bir musobaqada yuqori maqsadlar qo'yiladi. To'g'ri aytdingiz, "Paxtakor"da o'sha yillarda O'zbekistonning eng kuchli futbolchilari jamlangandi. Mirjalol Qosimov, Anvar Soliev, Vladimir SHishelov, Server Jeparov va hokazo. Men esa Toshkentda "CHig'atoy" futbol akademiyasida tahsil olardim. O'yinlarni stadiondan kuzatardik. Haqiqatdan ham "Paxtakor" juda kuchli bo'lgan paytlar edi.

-  Guruh bosqichida ko'plab kutilmagan natijalar qayd etildi. Nima deb o'ylaysiz, balki taqvim zich bo'lgani va futbolchilarning jismoniy holati turlicha bo'lgani uchun sensaciyalar qayd etildimi?

- Men kutilmagan natijaga kiritmagan bo'lardim. Biz o'lim guruhiga tushganimizdan xabardorsiz. SHu bois har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rgandik. Hozirda futbol bir joyda turayotgani yo'q.

- Darvozabonlarni muhim o'yinlarga tayyorlashda ko'proq nimaga etibor berasiz?

- Mening qo'l ostimda uch nafar darvozabon shug'ullanadi. Rustam Yatimov yuqorida Aytganimdek Tojikiston terma jamoasi azosi hisoblanadi. Muhriddin Hasanov olimpiya va milliy. Safarmad G'afforov esa eng yosh posbonimiz sanaladi. U mamlakat o'smirlar terma jamoasiga nomzod. OCHLga tayyorgarlik jarayonidan o'rin olgan ilk yig'inda kiperlarning jismoniy holati ustida ish olib borildi. Turkiyadagi yig'inda ko'proq darvozabonning o'yindagi vaziyatlarda qanday harakat qilishi borasida mehnat qildik. "Istiqlol"da ikki yildan beri faoliyat yuritib kelyapman. Mana shu muddat ichida Rustam Yatimov o'tgan mavsum Tojikistonda tengsiz darvozabon sifatida etirof etildi. Uning OCHLdagi o'yinlari bizning ishlarimizni ko'rsatib berdi.

- Aynan qaysi jihat Tojikistonda futbolning bu darajada o'zgarishiga turtki bo'ldi?

- Bizda asosiy urg'u yoshlar bilan ishlashga qaratilgan. Tojikiston futbol federaciyasi tomonidan terma jamoalarga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Futbolni o'sishida federaciya rahbari Emomali Rustamning xizmatlari katta. Turli yoshdagi terma jamoalarimiz xorijda xalqaro musobaqalarda ishtirok etib qaytishmoqda. Osiyo chempionatlarida munosib qatnashib o'z yosh toifalaridagi mundiallarga yo'llanmani qo'lga  kiritishyapti. Oldinlari O'zbekistonda shunda tizim bo'lardi. Muntazam Jahon chempionatlariga borardi. "Istiqlol" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko ham mamlakat yoshlar terma jamoasida ishlaganini bilaman. O'shanda bizning vakillarimiz Jasur Abduraimov murabbiylik qilgan yoshlar terma jamoasi bilan to'qnash kelgan. Baxrayndagi Osiyo chempionatida ikki qo'shni mamlakat terma jamoalari guruhdan chiqqandi. Bu o'z mevasini beryapti. O'sha yoshlar ayni paytda klublarining asosiy o'yinchisiga aylandi.

- Saudiya Arabistonida jamoani katta sahnaga olib chiqqan omil nima?

- Jamoada ahil murabbiylar shtabi yig'ilgan. Vitaliy Grigorevichni tajribali mutaxassis, deya olaman. Ushbu murabbiy bilan ikkinchi yil birga ishlayapmiz. SHuningdek "Nasaf"da to'p tepgan Alisher To'xtaev, Bekobodning "Metallurg" jamoasidagi o'yinlari bilan tanilgan Anvar Norqulov yordam berib kelmoqda. Murabbiyning mahoratiga musobaqada barcha guvoh bo'ldi. Futbolchilar ham Tojikiston futboli va klub obro'si uchun oxirigacha harakat qilishdi.

- Suhbatimizni o'zbek futboli haqida davom ettirsak. Bilamiz siz o'z vaqtida Ahmad Ubaydullaev qo'l ostida "CHig'atoy"da tahsil olgansiz. Bolalikdagi do'stlaringiz Suxrob Sultonov, Sanjar SHoahmedov ayni paytda AGMKda o'ynayapti. Ular bilan Saudiya Arabistonida uchrashish qanday bo'ldi?

- Ajoyib. Yoqimli bo'ldi. Fursatdan foydalanib  championat.asia sayti orqali O'zbekistondagi barcha do'st yaqinlarimga, ustozlarimga samimiy salomimni yo'llayman. Suxrob va Sanjar bilan aloqalarimiz yaxshi. Musobaqadan tashqarida ham gaplashib turamiz. Yoshlikdagi xotiralarni eslaymiz.

- OFK kubogida yurtimiz sharafini "Nasaf" himoya qiladi. O'yinlar markazlashgan holda Tojikistonda o'tkaziladi. Xo'sh, vakillarimizning imkoniyatlarini qanday chamalaysiz?

- "Nasaf"ning OFK kubogida ishtirok etishidan xabardorman. Oldindan biror narsani bashorat qilishni istamayman. Guruhda "Xo'jand" ham qatnashadi. Bu jamoada paytida faoliyat olib borganman. "Xo'jand" ham Osiyoda o'z o'rniga ega bo'lishga intilyapti. Qirg'izistonning "Alay" klubi ham o'ziga yarasha kuchli. Bu jamoani tojikistonlik murabbiy No'monjon Yusupov boshqaryapti. Umuman olganda o'yinlar oson o'tmaydi. "Nasaf" ham yaxshi shakllangan klub. Ro'ziqul Berdiev yoshlar bilan qanday ishlashni biladigan mutaxassis. Barcha klublarga omad tilab qolaman. Fikrimcha, qarshiliklar guruhdan chiqa oladi. Ularda imkoniyat ko'proq.

- O'zbekistonda qaysi darvozabonlarning harakatlarini kuzatib borasiz?

- O'zbekiston Superligasiga befarq emasman. Har bir turni kuzatib boraman. "Paxtakor"dagi Sanjar Quvvatov, "Navbahor"dan O'tkir Yusupov, "Lokomotiv" posboni Javohir Ilyosov, "Qo'qon-1912"da ishonchli o'yin ko'rsatayotgan Muzaffar Abdullaevni ayta olaman. Muzaffar bejiz o'z darvozasidan kam gol olib chiqmagan. Mana u kecha yana jamoasiga g'alabani tortiq qildi. O'yin yakunida penaltini qaytardi, bir nechta yaqqol golli vaziyatlarda qutqardi. O'zbekiston milliy terma jamoasini yaqin yillarda O'tkir Yusupov, Javohir Ilyosov Abduvohid Nematov va Muzaffar Abdullaev qo'riqlashi mumkin. Albatta bu mening shaxsiy fikrim.

- Yurtimizdagi darvozabonlar murabbiylaridan kim bilan maslahatlashib turasiz?

- Tajribali murabbiylar Denis Ivankov va Alisher Ahmedovlar bilan fikr almashib turaman. Ayniqsa Denis Aleksandrovichni kuchli mutaxassis sifatida qabul qilaman. Bugungi kunda u kishining ko'plab shogirdlari bor. Masalan Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, O'tkir Yusupov, Abduvohid Nematov va hokazo. Denis Ivankovning "Nasaf"ga qaytganidan xursand bo'ldim. Boisi o'z vaqtida bu klubdagi faoliyati orqali turli yoshdagi terma jamoalarga darvozabonlarni etishtirib bergan. Alisher Ahmedov uzoq yillardan beri "Metallurg"da faoliyat olib boryapti.

- O'zbekistondan muxlislik qiladigan jamoangiz bormi?

- Bekobod kichkina shahar hisoblansada, u erda "Metallurg" jamoasi bor. Klub ertangi kunini o'ylagan holda o'z akademiyasiga jiddiy etibor qaratyapti. Haqiqiy futbol kishilari ishlayapti. Jamoa boshlig'i SHavkat Saidovning bunda hissasi katta. Toshkentning "Bunyodkor" jamoasining natijalari ham diqqatimni tortib keladi. CHunki bu klubni direktori o'z ishining ustasi, kuchli bilimga ega Ulug'bek Mirzaevdir. Qiyin pallada jamoani jarlikdan olib chiqib keta oldi. "Bunyodkor" va "Nasaf" o'zining akademiyasi bilan maqtanishga arziydi. Vodiydan "Navbahor"ning muxlislari yoqadi. Qo'qonda Baxtiyor Ashurmatov juda yaxshi jamoa tuza olgan. Natijalari chakki emas. O'tgan yili ular beshinchi o'rinni egalladi. O'zbekistondan Ro'ziqul Berdiev, Jasur Abduraimov, No'mon Hasanov, Mirjalol Qosimov va Temur Kapadzeni kuchli murabbiylar, deb bilaman.

Ajoyib suhbat uchun tashakkur.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика