So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  1 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  9 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

“Nasaf” OCHL-2018 akkreditaciya hujjatlarini faqat elektron shaklda qabul qiladi Yangiliklar

“Nasaf” OCHL-2018 akkreditaciya hujjatlarini faqat elektron shaklda qabul qiladi

“Nasaf” OAV vakillarini 2018 yilgi OCHL musobaqasi uchun akkreditaciya jarayonini boshlaydi.

O'zingizga malum, "Nasaf" 30 yanvar kuni o'z maydonida OCHL-2018 pley-off bosqichi doirasidagi uchrashuvni Iordaniyaning “Al Faysali” klubiga qarshi o'tkazadi. O'yin soat 16:00da boshlanadi.

“Ajdarlar”ning pley-off uchrashuvida o'yindan oldingi va o'yindan keyingi matbuot anjumanlarida qatnashish, ishlash uchun qulay bo'lgan media tribunadan foydalanish, jurnalistlar uchun barcha qulay sharoitlarga ega bo'lgan matbuot markazidan foydalanish, har ikkala jamoa futbolchilari bilan suhbatlashish uchun ajratilgan mikst – zonadan foydalanish, maydon chetida turib o'yin jarayonini foto tasvirga olish uchun beradigan ruxsatnoma kartochkalarni olish uchun arizalar 27 yanvar kunigacha qabul qilinadi.

Buning uchun ommaviy axborot vositalari xodimlari, “Nasaf” PFKga o'z tashkilotlari rahbarlari nomidan rasmiy xat, 3X4 hajmdagi fotosurat va pasport nusxalarini faqat elektron shaklda jo'natishlari so'raladi.

Ushbu hujjatlar klubning  nasaf.media@mail.ru elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi. Qo'shimcha malumotlar uchun telefon: +998909982880.

Akkreditaciyadan o'tkazilgan OAV vakilarriga tayyor akkreditaciya kartochkalari 28-29 yanvar kunlari “Markaziy” stadionda tarqatiladi.
 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика