So’nggi yangiliklar

09:45Хави АПЛнинг ТОП жамоасини бошқариши мумкин  0 09:18"Манчестер Сити" қишда икки нафар футболчиси билан хайрлашмоқчи  0 08:50Фабио Каннаваро Италия футболидаги ҳозирги муаммо ҳақида фикр билдирди  3 08:21Шомуродов Сане, Асенсио ва бошқа футболчилар билан бир қатордан жой олди  2 07:52"Нефтчи" билан чемпионликни қўлга киритган футболчи "Навбаҳор"га ўтди  4 07:38Ўзбекистон вакиллари ФИФАнинг "The Best" мукофоти учун кимларга овоз берганди?  3 03:40Испания кубоги. "Барселона" учинчи дивизион жамоасини мағлубиятга учратди  2 03:05Англия лига кубоги. ​Гарначонинг дубли "Челси"га "Кардифф" устидан ғалаба тақдим этди.  1 00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  7 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  11 23:35Расман: "Динамо" франциялик ҳимоячи билан шартнома имзолади. Унинг охирги клуби – "Аяччо"  11 23:12Дембеле, Ямал, Беллингем, Пальмер – ФИФА 2025 йилги рамзий терма жамоани эълон қилди  7 22:44Усмон Дембеле ФИФА талқинига кўра йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди!  10

"Nasaf" – "Navbahor" uchrashuvida penalti bormidi? Superliganing 12-turidagi hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

"Nasaf" – "Navbahor" uchrashuvida penalti bormidi? Superliganing 12-turidagi hakamlik faoliyati tahlili

Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali muallifi) o'z hakamlar jamoasi bilan Superliganing 12-tur uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

✅ "Bunyodkor" – "Paxtakor"

Hakam "Paxtakor" darvozasi tomon penalti belgilab to'g'ri qildi. Himoyachining qo'li tirsagida egilib, yuqoriga ko'tarilgan. Ha, u tanadan biroz uzoqda, lekin u hali ham g'ayritabiiy holatda va tananing maydonini oshirmoqda. Himoyachi qo'lini shu holatda ushlab, tavakkal qilgan.


❌ "Qizilqum" – "So'g'diyona" 

Bu erda hakam "Qizilqum" futbolchisiga kechiktirilgan sariq kartochkani berishi yoki hech bo'lmaganda qattiq tanbeh berishi kerak edi. Biroq hakam dastlab qo'llari bilan "afzallik principi" (o'yinni davom ettirishga imkon beruvchi belgi)ni ko'rsatmaganiga qaraganda, u uzatma paytida boshqa o'yinchiga qarab turgan bo'lgan. Epizodni o'ta qo'pol deb aytolmayman, lekin be rda kechikkan sariq kartochka eng yaxshi qaror bo'lardi. Brigadadan kimdir (birinchi assistent yoki zaxira hakami) bu erda bosh hakamga ishora qilganida ham ajoyib bo'lardi.


❌✅ "Qizilqum" – "So'g'diyona"

Bu erda etiborga olinadigan birinchi narsa – hakamning o'ta inert xatti-harakati. U ikki o'yinchining to'qnashuv joyiga juda sekin, uzoq vaqt va juda kechikib yaqinlashdi. Odatda, birinchi to'qnashuvdan keyin hushtakning yo'qligi yoki uzoq o'ylash, bu erda sodir bo'lganidek, jiddiy to'qnashuvga olib keladi.

"So'g'diyona" futbolchisining keyinchalik chetlatilishi bilan bog'liq epizodga kelsak, bu erda hammasi to'g'ri. VAR ham epizodga aralashgani adolatdan bo'lgan. Yuqori "kontakt" nuqtasi, butsaning tag qismi boldir-to'piq bo'g'imidan yuqorida, atayin qilingan qo'pol harakat va haddan tashqari shafqatsizlik mavjud. Bularning barchasi chetlatish uchun omillardir.


✅ "Nasaf" – "Navbahor"

Zashhitnik «Navbaxora» bez popytki sygrat v myach navalivaetsya na napadayushhego «Nasafa», tolkaya tem samym ego v spinu i ne davaya emu vyprygnut, vstupit v borbu za myach. Esli by ne etot kontakt, to forvard vpolne mog poborotsya za myach i vyigrat etu borbu. V celom reshenie arbitra postavit v dannom epizode penalti mojno podderjat.

"Navbahor" himoyachisi to'pga o'ynashga urinmay, "Nasaf" hujumchisini turtib, unga to'p uchun sakrashga imkon bermayapti. Agar bu harakat bo'lmaganida, forvard to'p uchun kurashib, bu kurashda g'alaba qozonishi mumkin edi. Umuman olganda, hakamning ushbu epizodda penalti belgilash haqidagi qarorini qo'llab-quvvatlasa bo'ladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика