So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

"Nasaf" himoyachisi "Sho'rtan"ga qarshi o'yinda maydondan chetlatilishi lozim edi. Superliganing 19-turida hakamlik tahlili Yangiliklar

"Nasaf" himoyachisi "Sho'rtan"ga qarshi o'yinda maydondan chetlatilishi lozim edi. Superliganing 19-turida hakamlik tahlili

Rossiyalik ekspertimiz barcha bahsli holatlarni ko'rib chiqdi.

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram-kanali) o'z hakamlar jamoasi bilan birga Superliganing 19-tur uchrashuvlaridagi eng bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.


"Navbahor" - "Neftchi"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

Hakam to'g'ri qaror qabul qildi. Dastlab, ikki o'yinchi ham bir-biriga parallel yo'nalishda harakatlanayotgan edi. So'ngra, "Neftchi" hujumchisi himoyachidan ozgina o'zib, o'z harakat yo'nalishini himoyachi tomon biroz o'zgartirdi. Shu yo'l bilan u go'yo "Navbahor" himoyachisiga o'zini "tutib berdi" va to'qnashuvning tashabbuskoriga aylandi. VAR vaziyatga aralashmay, to'g'ri yo'l tutdi.

 

"Navbahor" - "Neftchi"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

Birinchidan, VAR tizimining epizodga aralashish va tekshiruvni boshlash imkoniyati yo'q edi, chunki "Navbahor" o'yinchisi darvozaga zarba berishidan oldin hakam hushtak chaldi. Ikkinchidan, hakamning qaroriga to'liq qo'shilaman. Bizning nuqtai nazarimizdan, bu aniq holat: "Navbahor" o'yinchisi to'pni nazorat qilayotgan "Neftchi" himoyachisining orqasidan kuch bilan turtib yubordi. Aynan shu turtki tufayli himoyachi to'p nazoratini yo'qotdi.

 

"Navbahor" - "Neftchi"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

Offsayd kamerasidan olingan o'yinchilarni yaxlit tarzda ko'rsatadigan bitta takroriy vaziyatning o'zi muhim qaror qabul qilish uchun etarli emas. To'g'ri, umumiy kadrda "Navbahor" hujumchisining libosi biroz tortilgani ko'rindi, lekin yiqilish shubha uyg'otdi: o'yinchi oldinga yiqilmoqda (odatda uni ushlashgandan keyin orqaga yoki yon tomonga yiqiladi, chunki oldinga harakat to'xtaydi), bu esa yiqilishning tabiiyligiga jiddiy shubha tug'diradi. Biroq, yana takrorlayman, to'liq baholash uchun yaqindan olingan turli rakurslar zarur.

 

"Nasaf" - "Sho'rtan"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

VARning aralashuvi to'g'ri, biroq "Nasaf" himoyachisi raqibini gol urish uchun yaqqol imkoniyatdan mahrum qilgani sababli qizil kartochka bilan jazolanishi lozim edi. Vaziyatning dinamikligi tufayli holat bu juda murakkab: bir soniya ichida barcha o'yinchilar yugurib keldi va gol urish imkoniyati yo'qdek tuyuldi. Ammo bizning fikrimizcha, eng yaxshi rakurs – o'rtadagi umumiy kamera. Ko'rinib turibdiki, "Nasaf"ning boshqa himoyachisi to'p chizig'i ortida va markazdan yugurib kelmoqda, bu esa uning hujumchiga etib bora olishiga shubha uyg'otadi. "Sho'rtan" hujumchisi darhol yo'nalishni o'zgartirib, jarima maydoni burchagida bo'lishi mumkin edi. Bizningcha, bu gol urish uchun yaqqol imkoniyatdan mahrum qilish va o'yindan chetlatishga loyiq holat.

 

"Qo'qon-1912" - "Surxon"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

Hakamning mukammal poziciyada turganini takidlamoqchiman. U qarorni mustaqil ravishda qabul qilishi lozim edi va aynan shunday yo'l tutdi. "Surxon" o'yinchisi tomonidan qo'l bilan ochiq-oydin to'siq qo'yildi. U hatto to'pga o'ynashga urinmadi ham, bu aniq qoida buzilishi edi. "Qo'qon-1912" foydasiga penalti belgilash to'g'ri qaror bo'ldi.

 

"Mashal" - "Andijon"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

Hech qanday qoidabuzarlikni ko'rmayapman. "Andijon" o'yinchisi darvozaga to'g'ridan-to'g'ri zarba berdi, keyin esa o'zi zarba berishga uringan himoyachining oyog'iga tegib ketdi. Himoyachi shunchaki to'pni to'xtatmoqchi bo'lgan edi, xolos.

 

"Xorazm" - "Qizilqum"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

Hakamning "Qizilqum" golini inobatga olish va VARni aralashmasligi to'g'risidagi qarorini qo'llab-quvvatlayman. Bu vaziyatda ikkala o'yinchining ham harakatlanish paytida poziciya tanlashda qo'llari bilan ruxsat etilgan darajada kurashganini ko'rishimiz mumkin. Eng muhimi, uzoq muddatli ushlashlar yo'q, ikkala o'yinchi ham dastlab yonma-yon yugurgan va teng imkoniyatlarga ega bo'lgan. Oyoqlarda ham qoida buzilishi kuzatilmaydi. To'g'ri, "Qizilqum" hujumchisining chap qo'li "Xorazm" himoyachisining elkasiga tegib turganday ko'rinadi. Biroq, diqqat bilan kuzatilsa, hujumchi ancha tez yugurmoqda, himoyachi esa o'ng qo'li bilan hujumchini siqib chiqarishga urinmoqda. To'g'ri qaror qabul qilindi.


Shu tariqa, 19-tur uchrashuvlarida hakamlar bitta jiddiy xatoga yo'l qo'yishdi ("Sho'rtan"ga qarshi o'yinda "Nasaf" futbolchisini maydondan chetlatmaslik). Bundan tashqari, epizodlarning birida qo'shimcha rakurslar etishmasligi sababli ("Navbahor" - "Neftchi" o'yinida) ekspertimiz qabul qilingan qarorning to'g'riligini aniqlay olmadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика