"Nasaf" himoyachisi Alibek Davronov qaerda?!
25 iyu 2024 15:59
Yangiliklar
"Nasaf" himoyachisi Alibek Davronov qaerda?!
CHempionlik uchun jiddiy kurash olib borayotgan jamoalardan biri "Nasaf" tarkibida 2 turdan beri markaziy himoyachi Alibek Davronov ko'rinish bermayapti. 21 yoshli futbolchi oxirgi marta 10-tur doirasida "Lokomotiv"ga qarshi kechgan Qarshidagi o'yin (3:0)ni to'liq o'tkazgan edi. SHundan keyin "So'g'diyona" (0:1) va "Neftchi" (1:0)ga qarshi bellashuvlarda qaydnomadan ham o'rin olmadi.
Xo'sh, Davronov qaerda? "Championat.asia" olgan malumotlarga ko'ra, Alibek shu kunlarda Turkiyada bo'lib turibdi. Futbolchi U-23 Osiyo kubogi oldidan ham to'pig'idan jarohat olgan edi. Bugun Turkiyada uning jarohatiga so'nggi tashxis qo'yilishi kutilmoqda. Aynan bugungi tashxislarga qarab himoyachining yaqin taqdiri malum bo'ladi. Alibekning Timur Kapadze boshchiligidagi U-23 terma jamoamiz bilan Parij olimpiadasida ishtirok etish yoki etmasligi ham aynan Turkiyadagi tibbiy tekshiruvlardan keyin malum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Alibek Davronov joriy mavsum jarohatlar sabab Superligada bor yo'g'i 6ta o'yin (1ta gol) o'tkazdi, OCHLda esa 3ta uchrashuvda maydonga tushdi.

O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> SUPERLIGA
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar