So’nggi yangiliklar

03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  1 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  7 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  46 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  4 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5

“Nasaf” futbolchilari muxlislar klubi faollari bilan uchrashishdi Yangiliklar

“Nasaf” futbolchilari muxlislar klubi faollari bilan uchrashishdi

Teglar :  Nasaf
Bugun kunning ikkinchi yarmida bir guruh “Nasaf” futbol klubi faol muxlislari jamoa qarorgohiga tashrif buyurishdi.

Qarorgohda faol muxlislar jamoa futbolchilari va murabbiylar bilan uchrashib dildan suhbat qurishdi.

Muxlislarni “Nasaf” jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi murabbiylar va futbolchilar iliq kutib olishdi.

Uchrashuvda shuningdek muxlislar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Futbolchilar va murabbiylar bilan esdalikka rasmlarga tushishdi. SHundan keyin futbolchilar muxlislar oldida hurmat uchun saf tortishdi. Futbolchilarga qarata  klubning ko'p yillik faol muxlislaridan Ilhom aka Salomov, Salohiddin aka Samadov, O'ktam Uzoqov va Ziyodulla Safarovlar o'z tilaklarini bildirishdi. Jumladan, “Yigitlar avvalo ko'rsatayotgan o'yinlaringiz uchun sizlarga o'z tashakkurimizni bildiramiz. SHuni bilingki, biz doimo siz bilan birgamiz, sizlarni doimo qizg'in qo'llab-quvvatlaymiz, sizlar har qanday maqtovga loyiqsiz. Bu yilgi mavsumda chempion bo'lishlaringizga qattiq ishonamiz. Sizlar bunga loyiqsizlar. Ustozlaringiz Ro'ziqul Berdievdan o'z ishiga bo'lgan muhabbatni, mehnatsevarlikni, jamoaga bo'lgan sodiqlikni o'rganing va o'rnak oling ana shunda xalq sevgan insonga aylanasiz, aslo kam bo'lmang. Olg'a yigitlar!”, - kabi tilak so'zlar aytildi.

SHundan so'ng muxlislar futbolchilarning mashg'ulotlarini tomosha qilishdi. Futbolchilar esa ko'tarinki ruhda va yaxshi kayfiyat bilan xushchaqchaq holda mashg'ulotlarini o'tkazishdi.

O'zaro uchrashuvdan so'ng futbolchilar va murabbiylar nomidan Ro'ziqul Sadullaevich tashrif buyurganlarga alohida minnatdorchilik izhor etdi.

“Nasaf” PFK matbuot xizmati

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика