"Nasaf" darvozabonlar murabbiyi Polshaga jo'nab ketdi
30 iyu 2018 11:11
Yangiliklar
"Nasaf" darvozabonlar murabbiyi Polshaga jo'nab ketdi
"Nasaf" PFK darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov rasmiy taklif bilan Polsha Respublikasiga jo'nab ketdi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Murabbiy Polsha poytaxti Varshava shahrida joylashgan "GOALKEEPER" nomli darvozabonlar maktabining prezidenti, janob Sergey SHipovskiyning taklifiga ko'ra, 1 iyul kuni bo'ladigan yosh darvozabonlar o'quv-yig'inida ishtirok etadi.
Yig'inda Evropa, Rossiya, Ukraina, Belarus va AQSHdan tashrif buyurgan yuzga yaqin yosh darvozabonlar ishtirok etishadi. Denis Ivankov yig'inda murabbiy-yo'riqchi (murabbiy-instruktor) sifatida ishtirok etadi.
"Albatta bu – o'zbek futboliga, qolaversa "Nasaf" futbol klubiga va murabbiyimiz Denis Ivankovga nisbatan jahon miqiyosidagi etirofdir", - deyiladi klub rasmiy saytida berilgan xabarda.
Fikrlar