So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  15 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  24 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  12 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4 21:06Фалькао, Савиола, Эрматов, Кападзе, Аҳмедов, Умаров... Юлдузлар иштирокидаги баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  7 20:31Дешам Мбаппе нега "Реал"нинг "Вильярреал" билан ўйини учун қайдномага кирганига тушунмаяпти. Форвардни жароҳати сабаб Франция термасига чақиришмаганди  9 19:55"Андижон" ўз тарихида биринчи бор ОЧЛда иштрок этади  51 19:38"Андижон" драматик ўтган баҳсда "Навбаҳор"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  248

"Nasaf" chiroyli o'yin evaziga muhim g'alabaga erishdi Yangiliklar

"Nasaf" chiroyli o'yin evaziga muhim g'alabaga erishdi

Teglar :  NasafAl VaslOCHL
Osiyo CHempionlar Ligasining "C" guruhi 2-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Al Vasl" uchrashuvidan matnli onlayn translyaciya.

                      YANGILASH


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Qarshi shahridagi "Markaziy" stadiondan reportajimizni boshlaymiz.

17:45. Jamoalar o'yinoldi chigalyozdi mashqlarni tugatib kiyinish xonasiga yo'l olishdi.

17:48. Yomg'ir tingan. Lekin hozircha sovuqdan qo'rqqan ishqibozlar uylarida o'tirishibdi shekilli. CHunki "Markaziy" stadionda ayni paytda taxminan 6 mingdan ziyodroq muxlislar bor.

17:50. "Nasaf" bugun 4-2-3-1 taktik sxemasida harakat qiladi. "Al Vasl" esa 4-3-3 taktik sxemani tanlagan.


17:54. "Nasaf"ning ashaddiy ishqibozlari hozirdanoq stadionni larzaga keltirishga harakat qilishmoqda. 

17:55. Jamoalar OCHL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.

1. Diqqat! Uchrashuv boshlandi! Olg'a "ajdarlar"!

2. "Nasaf" muxlislar hayqirig'i ostida o'yinni ancha tajovuzkor boshladi.

4. "Nasaf" yaxshi boshladi. Ha, ha zo'r boshlandi. "Al Vasl" to'liqligicha himoyalanmoqda.

6. Mehmonlar hozircha aytarli to'pni his qilishgani yo'q. "Nasaf" esa pozicion hujum qilishga urinmoqda.

7. "Al Vasl" nihoyat to'pni o'znazoratiga oldi va tezda hujumga o'tdi. Lekin "Nasaf" himoyada ishonchli o'ynadi.

8. "Nasaf"ning tezkor hujumini tashkil etishda Bobir Abdixoliqov jonbozlik ko'rsatdi. Dragan CHeran hujumni rivojlantirdi. Lekin yakuniy nuqtaga kelgan pallada Abdixoliqov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

9. Hech bir jamoa himoyani o'ylamayapti. To'p tushishi bilan jamoalar faqat oldinga intilishmoqda.

13. "Nasaf"da xavfli vaziyat! Lukichning jarimadan oshirib bergan to'pini CHeran boshi bilan darvozaga yo'llagandi. Zarbaga birozgina aniqlik etishmadi.

16. "Nasaf" ayni paytda hududiy ustunlikka ega.

17. O'yinda kichik to'xtalish. Saydullo Rahmatov va Salmin o'zaro bahslashib ketishdi. Raqib futbolchisi esa Rahmatovga nisbatan qo'lini ishlatgani uchun ogohlantirildi.

19. Kaio hozir maydonda yotibdi. O'yinda yana bir kichik to'xtalish yuz berdi. Kaioga esa maydon chetida klub shifokorlari tibbiy yordam berishmoqda.

23. "Al Vasl"da majburiy o'zgarish. Kaio o'rniga Humaid maydonga tushdi.

26. "Nasaf" tashabbusni yana o'z qo'liga oldi. Hozircha pozicion hujumlar samara bermayapti.

27. Super hujum! Ammo nuqta qo'yadigan futbolchi topilmadi. Burchak zarbasi.

28. Afsuski burchak zarbasidan samara chiqmadi.

29. "Nasaf" ketma-ket xavfli hujumlar uyushtirmoqda. Lukich, Abdixoliqov, G'aniev singari futbolchilar hujumni boshlashda jonbozlik ko'rsatishmoqda. Hozirgina Bobir Abdixoliqovning bosh bilan bergan zarbasini darvozabon ushlab oldi. Keyin esa Dragan CHeranning xavfli va kuchli zarbasiga birozgina aniqlik etishmadi.

32. To'p nazorati vakillarimiz qo'lida.

35. "Nasaf" hujum qilishga urinmoqda, "Al Vasl" esa himoyalanish bilan band.

37. Hassan maydon markazidan kuchli zarba yo'lladi. Sanjar Quvvatov esa katta qiyinchilik bilan to'pni oxirgi soniyalarda qaytarib yuborishga ulgurdi. Balli Sanjar!

39. Aziz G'aniev himoyada hozir jonbozlik ko'rsatdi va raqib hujumini uzib qo'ydi.

41. Lukich tomonidan amalga oshirilgan burchak to'pidan so'ng Eshmurodov boshi bilan zarba yo'lladi. Noaniq.

44. "Nasaf" hujumlari bilan raqibni o'z jarima maydonchasi ichiga bug'ib qo'ymoqda.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45+1. Jasur Hasanovning jarimadan yo'llagan super zarbasini darvozabon mahorat ko'rsatib qaytarib yubordi.

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!

46. Ikkinchi bo'limga start berildi. 

46. "Al Vasl" tarkibida o'zgarish. Hassan o'rniga Ali Saleh maydonga tushdi.

47. Sayduullo Rahmatov o'z qanotidan reyd uyushtirdi va natijada burchak zarbasi ishlab oldi. Lekin standart vaziyatidan "ajdarlar" naf chiqara olishmadi.

50. Umar Eshmurodovning uzatmasidan keyin Dragan CHeran oldinga intildi va hujumni chap qanot orqali rivojlantirdi. Ammo jarima maydonchasiga oshirilgan to'pga Eshmurodov zarba berishda xatoga yo'l qo'ydi.

52. "Nasaf"ning yana bir xavfli hujumi. Hasanov-Kenjaboev kombinaciyasidan keyin Islomning darvoza tomon tepgan zarbasi noaniq ketdi.

54. Ro'ziqul Berdiev dastlabki o'zgarishga qo'l urmoqchi. Maydonga Islom Rashidxonov tushishga taraddud ko'rmoqda.

55. "Nasaf"da ilk o'zgarish yuz berdi. Islom Kenjaboev o'rniga Islom Rashidxonov tushirildi.

57. GOLban! GOLban! GOLban! GOLLLLLLLLLLLLLBAAAAAAAANNNNN!

58. Slavko Lukichning burchakdan oshirib bergan to'pini Igor GOLban boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi - 1:0.

59. "Nasaf" haqli tarzda o'yinda hisobni ochdi. Butun uchrashuv davomida ustunlikka erishayotgan "ajdarlar" nihoyat o'z maqsadlariga erishishdi. Goldan keyin ham maydon egalari hujumkorlikni pasaytirishmayapti. "Al Vasl" esa endi hujumga o'tishga majbur. "Nasaf" ularga nisbatan endi qarshi hujumda "qopqon" qo'yishi lozim.

63. Maydonda dahanaki jang. Umar Eshmurodov himoyalanayotgan pallada raqibga nisbatan biroz qo'polroq o'ynadi. Bundan esa raqib futbolchisi g'azablanib unga tashlandi. Natijada har ikkala futbolchi ogohlantirildi.

65. "Al Vasl"da so'nggi o'zgarish. Albulushi Salmin o'rniga Halil maydonga tushdi.

67. CHeran-Hasanov-Rashidxonov uchligi tomonidan tashkil etilgan hujumga Rashidxonov chiroyli nuqta qo'ymoqchi bo'ldi. Ammo Islomning tepgan to'pi to'siniga tegib maydonga qaytdi.

70. O'zini bosib ololmayotgan Humaid hakam tomonidan ogohlantirildi.

71. Bobir Abdixoliqovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi xavfli, ammo noaniq.

74. "Nasaf" hujum qilishda davom etmoqda.

75. "Nasaf" - "Al Vasl" uchrashuvini tomosha qilish uchun stadionga 12 mingdan ortiq muxlislar tashrif buyurishgan.

76. "Nasaf"ning rang-barang hujumlari xavfli chiqmoqda. Lekin ko'p vaziyatlarda omad "ajdarlar" yuz o'girmoqda.

78. "Al Vasl" futbolchisi qisqa masofadan to'pni kuchli zarb bilan Rashidxonovning boshiga tepdi. Bu esa o'zaro tortishuvlarni keltirib chiqardi. Rashidxonovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

82. Jasur Hasanov o'rniga Doniyor Narzullaev maydonga tushmoqda.

86. "Nasaf" katta ustunlik bilan o'yinning oxirgi daqiqalarini hujumda o'tkazmoqda.

88. Stadionga kelgan muxlislar "Nasaf", "Nasaf", deya olqishlashmoqda.

90. Uchrashuvga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90+2. Bobir Abdixoliqov o'rniga Sanjar Rashidov maydonga tushdi.

90+5. Islom Rashidxonov ogohlantirildi.

O'YIN TUGADI! "Nasaf" g'alaba qozondi! G'alaba muborak!


Nasaf Qarshi

Igor Golban - 57'

AFC Champions League Grp. C . 2-tur

20/02/2018, 17:00

0
:
1
Tugadi

Al-Wasl

45'
90'
55'  Islom Kenzhaboev (Islom Rashidkhanov)
57'  Igor Golban
83'  Jasur Hasanov (Donier Narzullaev)
90'  Bobur Abdikhalikov (Sanjar Rashidov)
24'  Caio (Humaid Abdulla Abbas)
46'  Hassan Mohammed (Ali Saleh)
65'  Ali Salmeen (Khaleil Khameis Salem)

OCHL-2018
"S" guruhi, 2-tur
"Markaziy" stadion, Qarshi
20.02.2018. 18:00

"Nasaf" (O'zbekiston) – "Al Vasl" (BAA) 1:0

Bosh hakam
: Jillet Jared (Avstraliya)

Gol: Golban (57)

"Nasaf": 35.Sanjar Quvvatov - 55.Slavko Lukich, 22.Igor Golban, 92.Umar Eshmurodov, 31.Saydullo Rahmatov - 7.Odiljon Hamrobekov, 6.Aziz G'aniev - 20.Islom Kenjaboev, 69.Dragan CHeran, 77.Jasur Hasanov - 10.Bobir Abdixoliqov.

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 4.Maqsud Karimov, 5.G'olib G'aybullaev, 8.Sanjar Rashidov, 14.SHarof Muhiddinov, 17.Doniyor Narzullaev, 27.Islom Rashidxonov.

"Al Vasl": 1.Almanteri, 3.Saleh, 4.Jassim, 5.Salmin, 7.Kaio, 8.Kaseres, 15.Al Naqbi, 17.Mendesh, 22.Hassan, 44.Alazizi, 77.Hazza.

Zaxira:  12.Yusuf, 13.Al SHaibaini, 24.Albalushi, 55.Essa, 78.Halil, 88. Humaid, 99.Saleh.

Reyting: +148   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика