So’nggi yangiliklar

20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  2 20:10Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  111 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  25 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1

“Nasaf-99” jamoasi Qashqadaryo viloyati kubogi sohibi! Yangiliklar

“Nasaf-99” jamoasi Qashqadaryo viloyati kubogi sohibi!

Teglar :  Nasaf-99SHo'rtan FM
Kecha “Nasaf” futbol maktabi suny qoplamali maydonida Qashqadaryo viloyat kubogining finalida “Nasaf-99” va ”SHo'rtan-FM” jamoalari o'zaro kurash olib bordilar.

Umuman olganda har ikkila jamoalar final bahsni ko'tarinki ruhda boshlashdi. Final o'yinini adolatli boshqarib borgan  iqtidorli yosh hakam Ravshan Abduvoxidov brigadasi o'z vazifalarini alo darajada bajarishdi. O'yin oldi “Nasaf-99” jamoasi bosh murabbiyi Nurali Sultonovni o'ydantiradigan jihatlar bor edi. SHuningdek murabbiy final uchrashuvida jamoaning to'liq jangavor tarikibini maydonga tushira olmas edi.

Ular xuddi shu kuni mamlakat birinchi ligasi 10-tur doirasidagi uchrashuvda “Xotira-79” jamoasi bilan bahs olib borishlari ham kerak edi.

Nurali Sultonov birinchi ligada “Nasaf-2” jamoasini ham boshqarishi sizga malum.

Gap shundaki, “Nasaf-99” jamoasini asosiy tarkibini etti nafar futbolchisi birinchi ligada ham to'p surishadi. O'yin tafsilotlari haqida qisqacha to'xtalib o'tadigan bo'lsak, Sultonov final uchrashuvida asosiy tarkib darvozabonidan tashqari deyarli ikkinchi tarkibni maydonga olib tushdi.

Katta ishtiyoq bilan finalgacha etib kelgan g'uzorliklar butun o'yin davomida ko'plab golga tortadigan vaziyatlardan foydalana olishmadi.Final uchrashuvida mehmon jamoa vakili 8-raqamdagi futbolchi Jasur Xolto'raev yosh “ajdarlar”ning himoyachilariga etarlicha tashvish tug'dirdi.

Birinchi taym boshlarida jamoalar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdi yosh “nasaf”chilar asosan qarshi hujumlarni qanotlardan tashkil etishdi. Bir hujumchi bilan harakat qilgan “oq bo'ri”lar uzoq masofalardan kuchli zarbalar yullab, “Nasaf-99” jamoasining golkiperini xushyorligini sinab kurishdi. Taym o'rtalarida yosh “ajdarlar” qanoatlarini ishga soldi va chap qanot yarim himoyachisi ismiga mos Yorqin Amirov yorqin o'yinni namoyish eta boshladi, tezkor Amirov raqiblarini ortda qoldirib chiroyli tarzda uzatgan to'plariga gol bilan yakunlaydigan jamoadoshi topilmadi. SHunday qilib, birinchi bo'limda hisob ochilmadi.

Tanaffus paytida ustozlaridan kerakli ko'rsatmalarni olgan yosh futbolchilar ikkinchi bo'limda umuman boshqacha secinariyni ijro etishdi. Mezbon va mehmon jamoa ham o'yin suratini pasaytirmadilar. Finalchilar uzoq masofalardan darvozalarni ishg'ol qilishga ham urinishdi, bir necha yangi kuchlarni maydonga tushirilishi ham o'z samarasini bermadi. Bosh hakam tomonidan uchrashuv asosiy vaqtiga qo'shib berilgan to'rt daqiqada ham o'yin hisobi o'zgarmadi.

Qo'shimcha bo'limlarda yosh futbolchilarda charchoq alomatlari sezila boshlandi. Qo'shimcha bo'limlarda ham hisob ochilmadi. Finalga xos uchrashuv penaltilar seriyasiga etib keldi.


Penaltilar seriyasida “Nasaf” jamoasi darvozaboni O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azosi Umid Ergashev raqib tomonidan so'nggi imkoniyatni yo'qqa chiqardi va omad 5:4 hisobida “Nasaf-99” jamoasi tomonida bo'ldi.

SHunday qilib, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi Nurali Sultonovning “Nasaf 99” jamoasi 2015 yilgi viloyat kubogi sohibi bo'lishdi.



Final so'nggida g'oliblar tag'dirlanishdi. Kubokni Viloyat Futbol Federaciyasi 1-vice prezidenti Norqul Daminov tantanali ravishda “Nasaf-99” jamoasiga topshirdi.

  Faxriddin CHORIEV.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика