"Napoli" etakchilaridan biri safdan chiqdi
10 sen 2022 10:20
Yangiliklar
"Napoli" etakchilaridan biri safdan chiqdi
"Napoli"ning nigeriyalik hujumchisi Viktor Osimxen jarohati sabab yaqin orada jamoasiga yordam bera olmaydi, deb xabar berdi neapolitanlar klubi rasmiy sayti.
Futbolchiga o'ng son paylari shikastlangani tashxisi qo'yilgan. U CHempionlar Ligasi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Liverpul"ga qarshi o'yinda (4:1) jarohat olgandi. Futbolchining tiklanish davri taxminan besh haftani tashkil qiladi.
23 yoshli Osimxen joriy mavsum "Napoli" safida 6 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar