So’nggi yangiliklar

01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  0 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  19 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  6 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  16 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  57 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1

Namangandagi Toshkent derbisida 7ta gol urildi Yangiliklar

Namangandagi Toshkent derbisida 7ta gol urildi

To'raqo'rg'onda bo'lib o'tayotgan "Olim Ahmedov Kubogi" xotira turnirida bugun 2-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

"Kelajak yulduzlari" kompaniyasi tomonidan har yil ananaviy tarzda O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Kubogi o'tkazib kelinayotganidan xabaringiz bor. Bugun "Odil Ahmedov FA"ning 2008 yillarda tavallud topgan jamoalari poytaxtning yana bir jamoasi, "Lokomotiv" klubiga qarshi bahs olib bordilar. Turning eng qiziqarli o'yini shu bo'ldi deb aytsak ham bo'laveradi. 4:1 hisobida oldinga borayotgan Zayniddin Tojiev shogirdlari ikkinchi bo'limda 2ta to'p o'tkazib yubordilar.




2007 yil tug'ilgan futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tayotgan musobaqaning bugun guruh bosqichi 2-tur uchrashuvlari o'tkazildi. Natijalar quyidagicha ko'rinish oldi:

"A" guruhi: "Lokomotiv" (Toshkent), Namangan terma jamoasi (Namangan), "Odil Ahmedov FA" (Toshkent), "Ahmad" (Qo'qon).

"B" guruhi: ROZSK OA (Toshkent), "Bunyodkor" (Toshkent), Samarqand FA (Samarqand), "Farovon" (Marg'ilon). 


"A" guruhi. 2-tur. 15 dekabr

Namangan TJ - "Ahmad" 8:0

"Lokomotiv" - "Odil Ahmedov FA" 3:4


"B" guruhi. 2-tur. 15 dekabr

ROZSK OA - "Bunyodkor" 3:0 

Samarqand FA - "Farovon" 1:2


Kecha bo'lib o'tgan 1-tur uchrashuvlarida jami 13ta gol urilgandi. Bugungi o'yinlarda esa 21ta gol urildi. Eng yirik hisob Namangan terma jamoasi ishtirokidagi bahsda qayd etildi. Umuman olganda bugungi uchrashuvlarning har biri nihoyatda qiziq kechdi.

Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqa 18 dekabrga qadar davom etadi. Ertaga guruh bosqichida so'nggi tur o'yinlari o'tkaziladi. 



"A" guruhi. 3-tur. 16 dekabr

13:00."Ahmad" - "Lokomotiv"

11:00. Namangan TJ - "Odil Ahmedov FA"

 

"B" guruhi. 3-tur. 16 dekabr

12:00. "Bunyodkor" - Samarqand FA

14:00. ROZSK OA - "Farovon"



Kim nechta gol urdi?

SHu o'rinda to'purarlar ro'yxatiga ham nazar tashlasak.

"Olim Ahmedov Kubogi-2020" musobaqasi guruh bosqichi 2-turdan keyin "Lokomotiv" futbolchisi Abraev Quvonch 5ta gol bilan to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda. 8 nafar futbolchi hisobida ikkitadan gol bor. Boshqa futbolchilar bittadan to'p kiritgan.



5 - Abraev Quvonch ("Lokomotiv")

2 - Valijonov Abdulboriy ("Odil Ahmedov FA")

2 - Jo'raboev Amirxon ("Odil Ahmedov FA")

2 - Xudoyberganov SHohrux ("Lokomotiv") 

2 - Habibullaev Muslim (ROZSK OA)

2 - Olimov Mujohiddin ("Farovon")

2 - Fayzullaev Muhammadyusuf ("Odil Ahmedov FA")

2 - SHamsiddinov Qutfiddin (Namangan TJ)

2 - Zokirov Fozil (Namangan TJ)

1 - Murodov G'iyosiddin ("Lokomotiv") 

1 - Rahimov Elbek ("Lokomotiv")

1- Rustamov Jamshid ("Odil Ahmedov FA") 

1 - Husanov Hojiahmad (ROZSK OA)  

1 - Nematbekov Muxtor (ROZSK OA)

1 - Nosirjonov Muhammadali ("Farovon")

1 - Mosinov Ibrohim ("Farovon")

1 - To'laganov Davron (ROZSK OA)

1 - Eshmamatov Og'abek (Samarqand FA)

1 - SHamsitdinov Abduraxmon (Namangan TJ), 

1 - Ergashev Abubakir (Namangan TJ).

1 - Otaboev SHahboz (Namangan TJ)

1 - Jamolov Abdulloh (Namangan TJ)

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика