Nagelsmann: "Ko'zyoshlarimni zo'rg'a tiyib turibman"
06 iyu 17:34
Yangiliklar
Nagelsmann: "Ko'zyoshlarimni zo'rg'a tiyib turibman"
Yulian Nagelsmann Germaniyaning Evro-2024ni tark etishi haqida fikr bildirdi.
Nemislar chorak finalda Ispaniyaga mag'lub bo'ldi (1:2).
Oxirgi marta nemislar 1996 yilda turnir g'olibi bo'lishgan. SHunga qaramay Germaniya terma jamoasi Evro tarixidagi eng ko'p g'olib bo'lganlardan hisoblanadi: Ularda Ispaniya kabi uchta Evro bosh sovrini bor.
"Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiraman. Ko'rib turibsiz, ko'zyoshlarimni zo'rg'a tiyib turibman, chunki bu men uchun juda hissiyotli mag'lubiyat.
Muxlislar qo'llab-quvvatlashi doimo kerakligi haqida aytib kelganman, ayniqsa omadsiz yakunlangan turnirlarda. Ko'p narsalarni o'zgartirmoqchi edik. Ko'pchilik istamagan qarorlarni qabul qildik, chunki bizning o'z g'oyalarimiz bor edi" - dedi Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi.
Fikrlar