Nafaqat chempionlik uchun kurash: "Arsenal" maydondan tashqarida ham "Manchester Siti"ga chaqiriq tashladi
27 fev 15:04
Yangiliklar
Nafaqat chempionlik uchun kurash: "Arsenal" maydondan tashqarida ham "Manchester Siti"ga chaqiriq tashladi
"TEAMtalk" malumotlariga ko'ra, 18 yoshli nigeriyalik markaziy himoyachi "Atalanta" safida "Arsenal" va "Manchester Siti"ning asosiy maqsadiga aylangan. Ikki klub yozgi transfer oynasida uni qo'lga kiritish uchun murosasiz kurash olib borishga tayyor.

Xabar qilinishicha, "Arsenal" "Siti"dan o'tib ketish uchun 35 mln evro miqdorida taklif tayyorlamoqda. "Manchester Siti" ham Aanorni olib kelishga qatiy bel bog'lagan.
Onest "Jenoa"ning yoshlar tizimidagi barcha bosqichlarni bosib o'tgan, so'ng o'tgan yozda 17 mln evroga "Atalanta"ga o'tgan. Bu mavsumda u "Atalanta" safida 25 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 25 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar